O’rta yer dengizida kecha yuz bergan dahshatli fojiada qariyb 170 nafar muhojir bor edi
O’rta yer dengizida kecha yuz bergan fojiada qariyb 170 nafar muhojir bor edi. Eng yomoni ular haqida haligacha hech qanday ma'lumot yo'q.
O’rta yer dengizida kecha yuz bergan fojiada qariyb 170 nafar noqonuniy muhojir jon berdi yoki bedarak yo’qoldi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Muhojirlar bo’yicha Oliy komissariati tomonidan shu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, nodavlat tashkilotlardan olingan ma’lumotlar yordamida Ispaniya- Marokash o’rtasidagi “Alboran” dengizida noqonuniy muhojirlarni olib ketayotgan puflangan qayiqning suvga cho’kishi oqibatida 53 kishining jon berganligi ma’lum qilindi.
Dengizda 24 soat qolib ketganidan keyin bitta baliqchi kemasi tomonidan qutqarilgan bir kishining Marokashda davolanayotganligi, Marokash va Ispaniya qutqarish kemalari tomonidan oxirgi bir necha kundan beri cho’kib ketgan qayiq barcha izlanishiga qaramay topilmaganligi ifoda etildi.
BMTning Muhojirlar bo’yicha Oliy komissari Filippo Grandi, O’rta yer dengizida yuz bergan yangi yilning eng dahshatli noqonuniy muhojirlar fojiasi haqida gapirar ekan,
“O’rta yer dengizidagi fojianing davom etishiga yo’l qo’yilishi mumkin emas. Yevropaning darvozasi oldida jon bergan ko’pchilikni ko’rmaslikka olomaymiz” degan ifodalarga o’rin berdi.
Grandi shuningdek, noqonuniy muhojirlarning qutqarilishi uchun har qanday choraning ko’rilishi kerakligini ta’kidladi.
Italiya dengiz kuchlari tomonidan O’rta yer dengizida qayd etilgan boshqa dengiz fojiasida ham 117 nafar noqonuniy muhojirning jon berganligi yoki bedarak yo’qolganligi ma’lum qilindi.
Tiriklayin qutqarilgan 3 kishining davolanishi uchun Lampedusa oroliga yuborilganligi aytildi.
Xalqaro Migratsiya Tashkilotining Italiyadagi vakili Flavio Di Giacomo, Italiya dengiz kuchlariga oid vertolyot orqali qutqarilgan va Lampedusa orolidagi kasalxonaga olib ketilgan 3 muhojirdan olgan ma’lumotni matbuotga yetkazdi.
Unda Di Giacomo,
“Lampedusadagi qutqarilgan 3 kishining aytishicha qayiqda 120 kishi bo’lgan. Dengizda 11 soat yo’l olganidan keyin qayiq ham, ichidagilar ham cho’ka boshlagan. Qutqarilish uchun dengizda 3 soat yordam kutishgan. Bedarak yo’qolgan 117 kishidan 10 nafari ayol kishi bo’lgan. Ulardan tashqari 2 oylik ikkita chaqaloq ham bo'lgan" deya gapirdi.
Di Giacomo shuningdek, qutqarilgan 3 kishinig, “Liviyaga qaytkandan, o’lgan avzalroqdir” degan so’zlarini ham o’z so’ziga ilova etdi.