Donald Tramp:"Bizga yo’naladigan har qanday raketani urib tushiramiz"

AQSh prezidenti Donald Tramp Pentagonning raketalardan mudofaa bo‘yicha yangi hisobotiga munosabatini bildirdi.

1128343
Donald Tramp:"Bizga yo’naladigan har qanday raketani urib tushiramiz"

AQSh prezidenti Donald Tramp Pentagonning raketalardan mudofaa bo‘yicha yangi hisobotiga munosabatini bildirdi.

“Dushman kuchlardan yoki boshqa biron tashqi kuchlardan yanglishlik bilan bizga yo’naladigan har qanday raketani urib tushiramiz. Raketaning modeli yoki hujum qaysi mintaqadan kelishidan qat’iy nazar, bunga yo’l qo’ymaymiz”,-dedi Donald Tramp.

Kuni kecha Eron sun'iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqa olmaganligini eslatgan Tramp: “Agar, Eron buni uddalaganda edi, juda katta nozik ma’lumotlarga ega bo’lgan bo’lardi. Qit’alararo ballistik raketa izlanuvida ham bu ma’lumotlardan foydalana olishi mumkin edi. AQShga yetishga harakat qilishiga imkon bermaymiz”,-dedi.

Uning fikricha, AQSh Eron bilan yadroviy kelishuvni to’xtatish bilan yaxshi ish qildi. Eron ikki yil oldingiga qaraganda juda yaxshi vaziyatda. Tehron AQSh bilan muzokara qilish tarafdori. AQSh raqiblariga nisbatan texnologik jihatdan har doim oldinda bo’lishi kerak.

Kosmosni go’yo urush maydoni deb baholagan Tramp, shu sababli Kosmos kuchlari qo’mondonligini tashkil qilganligini ma’lum qildi.

“Yangi byudjetimdan butun dunyoda raketalardan mudofaani kuchaytirish imkoniyati uchun katta mablag’ ajrataman. Bu yangi texnologiya. Bu tizim kuzatadi va dushman kuchlardan yoki boshqa biron tashqi kuchlardan keladigan tahdidni darhol bartaraf etadi”,-deydi AQSh prezidenti.

Uning ta’kidlashicha, AQSh juda boy va kuchli mamlakat. Ittifoqdosh va hamkorlari uchun Vashington tomonidan ta’minlangan mudofaaning badalini endi to’lashi talab qilinadi.

Lavozimga saylanganda Yevropada eng mashhur insonlardan biri ekanligini ilgari surgan Tramp: “NATOga a’zo mamlakatlarni mudofaa harajatlari majburiyatini bajarishga chaqirdim va shu sababli Yevropada o’z e’tiborimni yo’qotdim”,-dedi.

 


Tanlangan kalimalar: #Donald Tramp , #AQSh , #Eron , #Pentagon

Aloqador xabarlar