YI tarkibidan chiqishni xohlamagan britaniyaliklar sonida ortish kuzatildi

Yevropa ittifoqi tarkibidan chiqishni xohlamagan britaniyaliklar sonida ortish kuzatildi.

1120767
YI tarkibidan chiqishni xohlamagan britaniyaliklar sonida ortish kuzatildi
theresa may brexit.jpg

Yevropa ittifoqi tarkibidan chiqishni xohlamagan britaniyaliklar soni 54 foizni tashkil etmoqda.  

Haligacha Yevropa ittifoqi tarkibidan chiqib chiqmasligi noaniq bo’lgan Britaniyada shu masala bo’yicha takror referandum o’tkazilgudek bo’lsa unda britaniyaliklarning ko’pchiligining YI tarkibida qolish uchun ovoz berish niyatida ekanligi ma’lum bo’ldi.

YouGov firmasi tomonidan amalga oshirilgan oxirgi anketa natijalariga ko’ra takror referendum o’tkazilgudek bo’lsa unda xalqning 46 foizi tarkibdan chiqmaslik, 39 foizi esa tarkibdan chiqib ketishlik uchun ovoz beradi.

Anketada ishtirok etganlarning bir qismi esa qarorsizligi tufayli, referendumda ishtirok etmoqchi emasligini qayd etgan. Shunday ekan ularni anketadan chiqarib hisoblaganda unda Yevropa ittifoqida qolishni xohlaganlar soni 54 foizni tashkil etadi.  

Undan tashqari anketada ishtirok etganlar Brexit bo’yicha oxirgi qaror qabul qilinmay turib, o’z fikrlarini bayon etishni xohlaydi.

Yangi referendumga qarshi chiqqan Britaniya Bosh vaziri Theresa May shu yilning 29-marti kuni Yevropa ittifoqi tarkibidan chiqishi ko’zda tutilgan yurtida, parlament tasdiqi uchun muzokaralar olib bormoqda.

Britaniya Parlamenti tomonidan kelgusi hafta Mayning rejasining tasdiqlanishi kutilmoqda.

Aytib o’tish joizki 2016-yili o’tkazilgan referendumda xalqning 52 foizi Yevropa ittifoqi tarkibidan chiqishlik uchun ovoz bergan edi.



Aloqador xabarlar