AQShda Meksika devori mojarolari...

AQSh prezidenti Donald Tramp Meksika chegarasiga quriladigan yangi devorning xarajati AQSh, Kanada va Meksika o’rtasida imzolangan savdo shartnomasiga binoan to’lanishini iddao qildi.

1118530
AQShda Meksika devori mojarolari...

AQSh prezidenti Donald Tramp Meksika chegarasiga quriladigan yangi devorning xarajati AQSh, Kanada va Meksika o’rtasida imzolangan savdo shartnomasiga binoan to’lanishini iddao qildi.

Donald Tramp tvitterdagi sahifasida bu haqda ma’lum qildi.

“Meksika bu devorning pulini AQSh-Meksika-Kanada o’rtasida tuzilgan savdo shartnomasi orqali to’laydi. Devorning katta qismi butunlay yangilandi va insho etildi. Juda katta ish qildik. Meksika bilan chegarada milliy xavfsizlik manfaatlari nazarda tutilganda, AQSh Kongressining vakillar palatasi tomonidan tasdiqlangan 5.6 mlrd dollar byudjet juda oz miqdor”,-deb yozadi Donald Tramp tvitterdagi sahifasida.

Tramp avvalroq, ushbu devorning pulini Meksikaga to’latishini iddao qilgandi, biroq Meksikaning sobiq prezidenti Enrique Pena Nieto bilan muloqotida Tramp Meksika prezidentidan devorning pulini to’lamasligini oshkora ifoda etmaslikka chaqirgan edi.

AQSh Kongressining vakillar palatasi Meksika bilan chegaraga devor qurish uchun 5,6 milliard dollar mablag’ ajratishga qaror bergan edi.

Biroq, senat bu miqdorni qabul qilmaganligi uchun Tramp bilan Kongress o’rtasida inqiroz kelib chiqqan edi.

Tramp agar, hujjatda devor qurilishiga xarajatlar nazarda tutilmasa, uni imzolashdan bosh tortishini ma’lum qilgandi.

AQSh Demokratik partiyasi a'zolari devor qurilishiga qarshi chiqishmoqda.

Ushbu masala yuzasidan kelisha olmaganligi sababli federal hukumat qisman o’z faoliyatini to’xtatgan edi.

Eslatish joizki, AQSh va Meksika chegarasiga devor qurish Trampning saylovoldi kampaniyasida bergan eng katta va'dalaridan biri edi.

2017 yilning yanvarida prezident etib saylanganidan keyin, u ikkita farmonni imzoladi: devor qurilishini nazarda tutuvchi, davlat chegarasini qo‘riqlash va migratsiya to‘g‘risida. Donald Tramp avgust oyida devorning katta qismini qurish haqida topshiriq bergan edi.

 




 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Meksika , #devor , #chegara , #Donald Tramp

Aloqador xabarlar