Shvetsiyaning Malmo shahrida joylashgan bir masjidga qurolli hujum...

Xavfsizlik boshqarmasi vakili Anna Go’ransso ma’lum qilishicha, hujum paytida masjidning derajalari sinib ketgan va voqea yuzasidan jinoiy ish qo’zg’atilgan.

1117415
Shvetsiyaning Malmo shahrida joylashgan bir masjidga qurolli hujum...

Shvetsiyaning Malmo shahrida joylashgan bir masjidga hujum sodir etildi.

Bu haqda STV davlat televideniyesi ma’lum qildi.

Xabarga ko’ra, Malmo shahridagi “Mahmood” masjidiga qurolli hujum sodir etildi. Hujumda qurbonlar yoki yaradorlarning yo’qligi aniqlandi.

Xavfsizlik boshqarmasi vakili Anna Go’ransso ma’lum qilishicha, hujum paytida masjidning derajalari sinib ketgan va voqea yuzasidan jinoiy ish qo’zg’atilgan.

“Tinch aholi vakillari qurol ovozlarini yangi yil munosabati bilan solyut otildi deb o’ylaganlar. Masjid hovlisidagi devorning derajalari sinib ketganligini ko’rgan insonlar politsiyaga xabar bergan. Politsiya xodimlari voqea joyida qurol o’qlarini topishga muvaffaq bo’lishgan”,-deya ma’lum qiladi masjid imomi Karim Lone.

Voqea sababi hozircha ma’lum emas. Politsiya voqea yuzasidan tekshiruv olib bormoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Shvetsiya , #masjid , #hujum

Aloqador xabarlar