Theresa Mey Brexit jarayoni haqida so'zladi...

Theresa May, "Yangi yilda istiqbolga qarash kerak va Angliya ham yangi bir sahifa ochadi" ded ifoda etdi.

1117127
Theresa Mey Brexit jarayoni haqida so'zladi...

 

Angliya bosh vaziri Theresa May, "2016 referendum parchalagandek bo'ldi lekin hammamiz o'lkamiz uchun yaxshisini istaymiz va 2019 yili o'zgachaliklar bir tomonga qo'yilgan kelajakka ilg'or borgan yil bo'ladi" deb maruza qildi.

Yangi yil munosabati bilan bir video bayonot bergan May, "Yangi yilda istiqbolga qarash kerak va Angliya ham yangi bir sahifa ochadi" ded ifoda etdi.

Yanvar oyi parlamentda ovozga qo'yiladigan Brexit shartnomasini mudofaa etgan May, "Bizlar ko'zdan kechirgan shartnoma Ingliz xalqining irodasini aks ettiradi va kelajak bir necha hafta ichida deputatlar muhim qaror beradi. Parlament shartnomani tasdiqlasa, Angliya uchun burilish bo'ladi" dedi.

Boshqa tomonda Angliyaning poytaxti Londonda ham yangi yil "Yevropa" mavzuli mushaklar bilan nishonlandi.

Mushak namoyishining maqsadi "Londonning global bir Yevropa shahri bo'lishdan faxrlanganini va Londonda yashagan 1 milliondan ko'p Yevropa fuqarosini dastaklash" deb ifoda etildi.

London hokimiyat rahbari Sadik Han ham yangi yil bayonotida, "Mushak namoyishlari dunyo bo'ylab televideniyada tomosha qilgan millonlab insonning Londonni o'z uyi kabi ko'rgan 1 million Yevropa Ittifoqi fuqarosining dastaklaganimizni ko'rsatishdan faxrlanamiz" deb ifoda etdi.

Angliyada  2016 yili 23 Iyul kuni o'tkazilgan referendumda 48 % ovozga qarshi 52 % ovoz bilan YI chiqishga qaror bergan edi.

Angliya hukumatining YI bilan deyarli 2 yil davom etgan muzokaralar natijasida tuzilgan Brexit shartnomasi yanvar oyining 3. haftasi ovozga qo'yiladi.

O'lka, bu jarayon davom etgan taqdirda 29 mart kunidan e'tiborna rasmiy ravishda YI dan chiqgan bo'ladi.



Aloqador xabarlar