Bu yil Nyu-Yorkdagi an’anaviy yangi yil marosimida Jamol Kashikchi yodga olinadi

Nyu-Yorkning mashhur “Times” maydonida har yili bo’lganidek bu yil ham yangi yil marosimi uyushtiriladi va uning nomi bu yil “matbuot erkinligi” deb ataladi.

1116105
Bu yil Nyu-Yorkdagi an’anaviy yangi yil marosimida Jamol Kashikchi yodga olinadi

Nyu-Yorkning “Times” maydonida o’tkaziladigan an’anaviy yangi yil marosimida Washington Post gazetasi muhbiri saudiyalik jurnalist Jamol Kashikchi ham yodga olinadi.

Amerika Qo’shma Shtatlarining ommaviy axborot vositalarida o’rin olgan ma’lumotlarga ko’ra Nyu-Yorkning mashhur “Times” maydonida har yili bo’lganidek bu yil ham yangi yil marosimi uyushtiriladi va uning nomi bu yil “matbuot erkinligi” deb ataladi.

Mazkur marosimda shu yilning 2-oktabri kuni rasmiy hujjat uchun o’z yurtining Istanbuldagi Bosh konsullik binosiga borib, u yerda vahshiyona ravishda o’ldirilgan jurnalist Jamol Kashikchi bilan va boshqa vafot etgan jurnalistlar yodga olinadi.

“Times” maydoni ittifoqi yetakchisi Tim Tompkins shu haqida bergan bayonotida,

“Yangi yil yaqinlashar ekan o’tmishni bir ko’zdan kechirib, o’tgan yilning eng muhim voqealarini aks ettiramiz. Kelajakdan umidlanib eng qadrli insonlarni yodga olamiz. Shunday ekan bu yil matbuot va matbuot erkinligini, buning himoya qilinishi va yo’lga qo’yilishi uchun mexnat qilganlarni yodga olamiz” degan ifodalarga o’rin berdi.

Tompkins, bu fikrning eng avvalo Kashikchi jinoyati tufayli tug’ilganligini ta’kidladi.

“Times” maydonidagi bu yilgi marosimlarda qariyb 2 million kishining ishtirok etishi kutilmoqda.

Marosim keng ko’lamli xavfsizlik chora va tadbirlari ostida o’tkaziladi.



Aloqador xabarlar