Rossiya, Isroilning Suriyaga bo’lgan hujumidan tashvishda ekanligini qayd etdi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotda tunov kuni Isroil tomonidan Damashq yaqinlariga qarshi uyushtirilgan havo hujumlari tanqid qilindi.

1114420
Rossiya, Isroilning Suriyaga bo’lgan hujumidan tashvishda ekanligini qayd etdi

Rossiya Isroilning Suriyaning hududiy yaxlitligini paymol qilganligini belgilab o’tgan holda,

“Isroilning Suriyaga bo’lgan hujumidan tashvishdamiz” dedi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan shu haqida berilgan yozma ravishdagi bayonotda tunov kuni Isroil tomonidan Damashq yaqinlariga qarshi uyushtirilgan havo hujumlari tanqid qilindi.

Isroil Harbiy-havo kuchlari qo’mondonligiga oid 6 ta F-16 rusumidagi urush uchog’ining, Livan havo hududi orqali Damashq atrofiga qarshi uyushtirilgan hujumlarga o’rin berilgan bayonotda,

“Isroil uchoqlaridan Damashq va Bayrutdagi aeroportlarga borgan oddiy fuqaro uchoqlari yana bir bor qalqon sifatida foydalanilib, hujum uyushtirganligini ta’kidlash lozim” deyildi.

Rossiyaning Isroil tomonidan qo’l urilgan hujumlardan tashvishda ekanligi qayd etilgan bayonotda,

“Isroil 1701 sonli qaror doxil, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik kengashi qarorlari bilan Suriyaning hududiy yaxlitligini paymol qildi. Isroilning Suriyaga bo’lgan hujumlari va mazkur hujumlarining turi yuzasidan tashvishdamiz” degan ifodalarga o’rin berildi.





 


 



Aloqador xabarlar