Afg’oniston poytaxti Kobuldagi hujumda qurbonlar soni 43 kishiga yetdi

Kobulda dastlab hukumat binosi oldida sodir etilgan portlash va ortidan qurolli jangarilarning binoga bostirib kirishi natijasida halok bo’lganlar soni 43 kishiga yetgan.

1113428
Afg’oniston poytaxti Kobuldagi hujumda qurbonlar soni 43 kishiga yetdi

 

 

Afg’oniston poytaxti Kobulda davlat binosiga sodir etilgan hujumda qurbonlar soni 43 kishiga yetdi.

Afg’oniston sog’liqni saqlash vazirligi xodimi Vohid Majro bu haqda ma’lum qildi.

Uning so’zlariga ko’ra, Kobulda dastlab hukumat binosi oldida sodir etilgan portlash va ortidan qurolli jangarilarning binoga bostirib kirishi natijasida halok bo’lganlar soni 43 kishiga yetgan.

Hujumning kimlar tomonidan sodir etilganligi ma’lum emas.

Ichki ishlar vazirligi xodimi Najib Danish 24 dekabr kuni Kobulda bir guruh jangari hokimiyat binosi oldida bomba joylashtirilgan avtomobilni portlatib yuborganligini, so‘ngra otishma boshlanganligini ma’lum qilgandi.

Uning so’zlariga ko’ra, jangarilar yuzaga kelgan vahimadan foydalanib, bino ichiga bostirib kirishga muvaffaq bo’lishgan.

Voqeada 29 kishi o’ldirilgan, 23 kishi yaralangan. Halok bo’lganlarning aksariyati tinch aholi vakillaridan iborat ekanligi aytilgan edi.

Ta’kidlanishicha, hokimiyat xodimlarining ba’zilari bino ichida yashirinishga ulgurgan, 357 nafar xodim binodan evakuatsiya qilingan.

Voqea joyida qurollangan 3 jangari o’ldirilgan.

Otishmalarda halok bo’lganlardan biri politsiya xodimi, qolganlari esa, tinch aholi vakillari ekanligi aniqlangan edi. 23 yaradordan 3 nafari politsiya xodimi ekanligi ma’lum bo’lgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #portlash , #Kobul

Aloqador xabarlar