Chexiyada ma’dan konida portlash ro’y berdi

Portlashda 5 ishchi halok bo’lgan, 10 ishchi jarohatlangan, 8 ishchi esa bedarak yo’qolgan.

1111128
Chexiyada ma’dan konida portlash ro’y berdi

Chexiyada bir ma’dan konida portlash ro’y berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, portlash oqibatida 5 ishchi halok bo’ldi.

Ma’dan ishlab chiqarish kompaniyasi vakili Ivo Jelechovskiy bu haqda ma’lum qildi.

Uning so’zlariga ko’ra, mamlakat shimoli sharqida joylashgan Karvina shahri yaqinlaridagi ko’mir konida kuchli portlash sodir bo’lgan. Portlashda 5 ishchi halok bo’lgan, 10 ishchi jarohatlangan, 8 ishchi esa bedarak yo’qolgan. Ularning oqibati ma’lum emas.

Portlash metan gazidan kelib chiqqanligi aytilmoqda.

Bedarak yo’qolgan ishchilarni qidirish-qutqarish operatsiyasi davom etmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Chexiya , #ma'dan koni , #portlash

Aloqador xabarlar