Brusseldagi namoyishlarda 90 kishi qo'lga olindi...

Brusselda kuni kecha radikal o'ng guruhlarning emigrantlarga qarshi uyushtirgan va urushga aylangan namoyishlarda 90 kishi nazoratga olindi.

1108336
Brusseldagi namoyishlarda 90 kishi qo'lga olindi...

 

Belgiyaning poytaxti Brusselda kuni kecha radikal o'ng guruhlarning emigrantlarga qarshi uyushtirgan va urushga aylangan namoyishlarda 90 kishi nazoratga olindi.

Birlashgan Millatlar (BMT) gobal emigratsiya shartnomasiga qarshi chiqgan, haddan tashqari o'ng guruhlar Flaman tashkilotlarining chaqiruvi bilan YI organlari bo'lgan Schuman maydonida minglab kishi to'plandi.

Atrofga tovush bombasi tashlagan va mash'al yoqgan namoyishlarda namoyishchilar, ko'chadagi lavhalarni, axlat paqirlarini va bariyeralarni to'ntarib tashladi.

YI komissiyasining binosi oldida, ayrim oynalar bilan bayroq stunlarni sindirgan namoyishchilar, yerdagi toshlarni olib tashladi.

Ayrim namoyishchilar, YI komissiyasi binosiga kirishga urinar ekan, media xodimlariga ham hujum qildi.

Guruh tarqalmagach politsiya, ko'z yoshartuvchi gaz va tazyiqli suv bilan javob berdi, hududga ko'p sonda politsiya xodimi yuborildi.

Voqealardan keyin, YI komissiyasi va YI kengashi binosining atrofi urush maydoniga aylandi.


Tanlangan kalimalar: #Brusselda , #90 nafar , #namoyishchi , #qo'lga olindi

Aloqador xabarlar