Terroristlar Suriyaning shimolida bir vaqtning o’zida ikki nuqtada hujum uyushtirdi

Suriyaning shimolida, Firot qalqoni amaliyoti uyushtirilgan mintaqada o’rin olgan Bob va Chobanbeyda bir vaqtning o’zida olib borilgan terror tashkiloti hujumi oqibatida 2 kishi jon berdi.

1106319
Terroristlar Suriyaning shimolida bir vaqtning o’zida ikki nuqtada hujum uyushtirdi

Suriyaning shimolida, Firot qalqoni amaliyoti uyushtirilgan mintaqada o’rin olgan Bob va Chobanbeyda bir vaqtning o’zida olib borilgan terror tashkiloti hujumi oqibatida 2 kishi jon berdi.

Mahalliy manbaalardan olingan ma’lumotga ko’ra hujum Suriyaning shimolida, Turkiya chegarasidagi Chobanbey shaharcha markazida, pochta binosi yaqinlarida bomba yuklangan mashina orqali uyushtirilgan.

Mazkur hujum oqibatida jon berganlardan tashqari 20 kishi tan jarohati olgan.

Chobanbeydagi portlashning hamon ortidan, Turkiya chegarasiga qariyb 20 kilometrlik uzoqlikdagi Bob tuman markazida, “Buyuk Jome” deb nomlangan va tinch aholi ko’p joylashgan nuqtada ham bomba yuklangan mashina orqali hujum uyushtirilgan.

Hujumda ilk aniqlashlarga ko’ra 2 kishi jon bergan bo’lib, 10 kishi tan jarohati olgan edi.

Voqea joyiga yetib borgan Fuqaro muhofazasi (Oq kaskaliklar) xodimlari qidiruv va qutqaruv faoliyatlarini boshlatgan.

Hujum natijasida atrofdagi transport va binolar ham ziyon ko’rgan.

Xavfsizlik xodimlari xavfsizlik uchun chora va tadbir ko’rar ekan, tan jarohati olganlar kasalxonaga yotqizilgan.

Voqea yuz bergan nuqtada tergov ishlari boshlatgan xodimlar esa, hujumlarning PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkiloti tomonidan qo’l urilgan bo’lishi mumkinligini qayd etmoqda.

Teraktlarning, Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an tomonidan kecha, Firotning sharqida amaliyot uyushtirilishi mumkinligi haqidagi so’zlari ortidan uyushtirilishi e’tibor qaratdi.

Prezident Erdo'g’an kecha bo’lib o’tgan Turk Mudofaa sanoati sammitida so’zlagan nutqida,

“Firotning sharqini terror tashkilotidan qutqarish uchun kerakli amaliyotlarni bir necha kun ichida boshlashimizni aytdik, takror aytamiz” degan edi.



Aloqador xabarlar