Argentina davlat rahbari Maurisio Makrining otasi va akasi sudga chaqirildi

Prezidentning oilasi 87 yoshdagi tadbirkor ota Franko Makrining sog’lig’i sudda ifoda berishga yaroqsiz ekanligini ma’lum qildi.

1105229
Argentina davlat rahbari Maurisio Makrining otasi va akasi sudga chaqirildi

Argentina davlat rahbari Maurisio Makrining otasi va akasi Janfranko Makri pora berish bo‘yicha ish yuzasidan olib borilayotgan tergov doirasida so‘roqqa chaqirildi.

Mamlakat matbuotida tarqatilgan xabarlarga ko’ra, davlat rahbari Maurisio Makrining otasi tadbirkor Franko Makri va akasi Janfranko Makri mamlakatning sobiq prezidenti Kristina Fernandes de Kirshner hukumati davrida yo‘llar qurish uchun o’tkazilgan tenderlarda qonunbuzarlikka yo’l qo’yganligi haqida payshanba kuni sudga ifoda beradi.

Joriy yil may oyigacha Franko va Janfranko Makri ushbu firmada ulushga ega bo‘lgan.

Prezidentning oilasi 87 yoshdagi tadbirkor ota Franko Makrining sog’lig’i sudda ifoda berishga yaroqsiz ekanligini ma’lum qildi.

Makri oilasi haqida shubhalar, oliy martabali sobiq davlat xodimi bergan ifodalarda davlatdan yo‘llar qurish uchun shartnomalar olgan Autopistas del Sol kompaniyasining nomi tilga olinishi bilan paydo bo’lgandi.

Tergov olib borayotgan Argentinalik federal sudya Klaudio Bonadio davlat rahbari Maurisio Makrining otasi tadbirkor Franko Makri va akasi Janfranko Makri bilan mamlakatda yirik kompaniya rahbarlaridan Gerardo Ferreyra, Marcelino Aznar va Eduardo Eurnekian, sobiq hukumat davrida rejalashtirish vaziri lavozimida mehnat qilgan Julio de Vido, Kristian Fernandes, sobiq amaldor Klaudio Uberti kabi sobiq amaldorlarni ham tergov doirasida so‘roqqa chaqirgan edi.

Poralar yuzasidan ish bo‘yicha tergov o‘tgan yil noyabr oyida, rejalashtirish vaziri o‘rinbosari Roberto Barrataning haydovchisi sobiq rafiqasi politsiyaga eri pul to‘la sumkalarni tashiyotganini ko‘rgani haqida aytganidan so‘ng boshlandi.

Ayblov versiyasiga ko‘ra, bu pullar qurilish va energetika kompaniyalaridan pora hisoblanadi. Haydovchining uyidagi tintuvlar davomida u o‘z harakatlarini batafsil tasvirlab bergan daftarlar topildi.

Tergov doirasida bir qancha tadbirkor va sobiq davlat amaldorlari kuzatuvga olingan.



Aloqador xabarlar