Fransiyaning Strasburg shahrida otishma yuz berdi
Quyi Reyn departamenti voqeada 4 kishi halok bo’lganligini, 11 kishi tan jarohati olganligini ma’lum qildi.

Fransiyaning Strasburg shahrida otishma yuz berdi.
Otishmalarda 4 kishi halok bo’ldi, 11 kishi yaralandi.
Fransiya matbuotida tarqatilgan xabarlarga ko’ra, shahar markazidagi Place Kleber maydonida ochilgan Rojdestvo yarmarkasiga yaqin hududda qurol ovozlari eshitilgan.
Quyi Reyn departamenti voqeada 4 kishi halok bo’lganligini, 11 kishi tan jarohati olganligini ma’lum qildi.
Olomonga qarata o’q uzgan shaxs otishmalardan so’ng voqea joyidan qochishga muvaffaq bo’lgan. Qidiruv operatsiyasi davom etmoqda.
Bu voqeaning terrorchilik harakati bo’lishi mumkinligi haqida taxminlar bor.
Hujumni sodir qilganlikda gumon qilingan 29 yoshdagi shaxs Fransiyada tug’ilgan bo’lib, u “Fish S” laqabi bilan tanilgan. U qochishdan oldin askarlar tomonidan yaralangan.
Politsiya kecha tongda uning uyiga bosqin uyushtirgan, biroq u o’z uyida bo’lmagan. Uyda o’tkazilgan tintuvda ko’plab qo’lbola portlovchi moddalar topilgan.