Terror tashkiloti YPG/ PKK,DEAShning to’da boshchisini 100 ming dollar evaziga qo’yib yubordi.
Bo’lginchi terror tashkiloti YPG/ PKK, Suriyaning Deyrizor shaharida qo’lga olgan terror tashkiloti DEAShning to’da boshchisi 100 ming dollar evaziga qo’yib yubordi.
Bo’lginchi terror tashkiloti YPG/ PKK, Suriyaning Deyrizor shaharida qo’lga olgan terror tashkiloti DEAShning to’da boshchisi 100 ming dollar evaziga qo’yib yubordi.
Mahalliy manbalardan olingan ma’lumotga ko’ra, YPG/PKK Deyrizordagi to’qnashuv paytida Said Uvyyid nomli DEASh to’da boshchisi qo’lga olingan edi.
Tashkilot, 1,5 oy qo’llarida nazoratda tutgandan keyin Uveyyidni 100 ming dollar evaziga qo’yib yubordi.
Uveyyid Deyrizor Tayyana shahridagi uyida qutlash uchun ziyofat uyushtirgan.
Terror tashkiloti YPG/PKK avgust oyida 40 nafar DEASHlik terroristni Rakka viloyatining Tel Abyad tumanida hibsga olgandan keyin pul evazida qo’yib yuborgan edi.
YPG/PKKninga Afrin qamoqxonasidagi DEAShliklarni, Zaytin novdasi harakati tufayli Turk qurolli kuchlari va Ozod Suriya qo’shiniga qarshi urishlari sharti bilan qo’yib yuborgan edi. Mazkur xabarlar matbuotda o’rin olgan edi.
O’lkaning taxminan 28 foizini ishg’ol etgan YPG/ PKK, o’tgan yil oktabr oyida Rakka shahar markazida qurshovga olgan va keyin kelishuvga borib DEAShlik terroristlarni shahardan chiqarib yuborgan edi.