Isroil askarlari 33 nafar Falastinlikka tan jarohati yetkazdi

Isroil askarlari  G'zo chegarasida uyushtirilgan tinchliksevar namoyishga aralashib, 33 nafar Falastinlikka tan jarohati yetkazdi.

1102928
Isroil askarlari 33 nafar Falastinlikka tan jarohati yetkazdi

 

Isroil askarlari qurshovdagi G'zo chegarasida uyushtirilgan tinchliksevar "Buyuk Yurish Harakati" namoyishiga aralashib, 33 nafar Falastinlikka tan jarohati yetkazdi.

G'azo Salomatlikni Saqlash vazirligidan berilgan baynotda, Isroil askarlarining, G'azo chegarasida namoyish uyushtirgan Falastinliklarga o'q otib 33 nafar Falastinlikka shikast yetkazgani bildirildi.

Salomatlikni saqlash vazirligidan berilgan bayonotda, Isroil askarlarining, G'azo chegarasida namoyish uyushtirgan Falastinliklarni o'q otishi natijasida 17 kishning yaralanganini bildirgan edi.

Falastinliklar, 30 Mart kunidan beri qurshovda bo'lgan G'azo sohilining Isroil chegarasida "Buyuk Yurish Harakati" nomi bilan tinchliksevar namoyishlar o'tkazmoqda.

Isroil askarlari esa "Surilgan tuproqlariga qaytishni va 2006 yildan beri G'azoga tatbiq etilgan nohaq qurshovni bekor qilishni" talab etgan tinch aholiga o'q uzmoqda.

Isroil askarlari 30 Mart kunidan beri davom etib kelgan tinchliksevar namoyishlarga aralashgan  220 dan oshiq Falastinlikni shahid etgan.

 



Aloqador xabarlar