AQSh mudofaa vazirligi "Ochiq Samolar shartnomasi" doirasida Qoradengizda parvoz etdi

AQSh mudofaa vazirligi, AQSh va Ittifoqdoshlarining "Ochiq Samolar shartnomasi" doirasida Qoradengizda parvoz etganini ma'lum qildi.

1102117
AQSh mudofaa vazirligi "Ochiq Samolar shartnomasi" doirasida Qoradengizda parvoz etdi

 

Amerika qo'shma shtatlari (AQSh) mudofaa vazirligi, AQSh va Ittifoqdoshlarining "Ochiq Samolar shartnomasi" doirasida Qoradengizda parvoz etganini ma'lum qildi.

Mudofaa vazirligidan berilgan bayonotda, "AQSh va ittifoqdoshlari, Ochiq Samolar shartnomasi doirasida favqulodda havo safarlari amalga oshirmoqda. Bu safarlarning maqsadi AQShning Ukraina va boshqa davlatlarni himoya qilganini ko'rsatish" deb ifoda etildi.

'Rossiyaning Kerch bog'azida hech qanday bir provokatsiya bo'lmasdan turib Ukraina kemalariga hujum qilishi, avj olgan tahdit va qizg'inlikni tahlikaga aylanib borgani"ga diqqat qaratilgan bayonotda, "AQSh, Yevropa davlatlarining xavfsizligi uchun dastaklash mavzusida qat'iydir" deb ifoda etildi.

Bayonotda, shuningdek, AQShning Rossiya bilan aloqalarni tiklashni istaganini lekin buning Rossiyaning Ukraina va boshqa hududlarda "Noqonuniy va muvozanatsiz harakari" tufayli imkoni bo'lmaganini bildirdi.

AQShning Qoradeginzga harbiy kema yuborishni rejalashtirgani, shu sababli Turkiyadan bog'azdan o'tishni  talab qilgani ham mediada sado yaratgan edi.

25-Oktyabr kuni Qoradengizning Kerch bog'azi oldida, Rus harbiy kemalari, Ukraina harbiy kemalariga, dengiz hududiga kirganini ilgari surib o't ochgan edi, Ukraina dengiz kuchlariga oid 3 kemaning 24 xodimini nazoratga olgan edi.

Qrimdagi Rus mahkamasi, Ukrainalik 24 harbiy xodim bilan aloqali 2 oy bo'yicha qamab qo'yishga qaror bergan edi.

Moskvaga yuborilgan ushbu kishilarga Ukraina askarlari bilan aloqali Rus dengiz hududini poymol qilganini da'vo etib 6 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi istanmoqda.


 



Aloqador xabarlar