Qatar amiri Shayh Temim bin Hamad Al Sani Malayziyaga tashrif buyurdi

Al Sani Malayziyaga tashrifi chog’ida bosh vazir Mahathir Muhammad bilan uchrashdi.

1101885
Qatar amiri Shayh Temim bin Hamad Al Sani Malayziyaga tashrif buyurdi
mahathir muhammed-katar emiri al sani1.jpg

Qatar amiri Shayh Temim bin Hamad Al Sani amaliy tashrif bilan Malayziyaga keldi.

Al Sani Malayziyaga tashrifi chog’ida bosh vazir Mahathir Muhammad bilan uchrashdi.

U poytaxt Putrajayadagi bosh vazirlik binosida Mahathir tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi.

Matbuotga yopiq ravishda bo’lib o’tgan uchrashuvdan so’ng, Al Sani boshchiligidagi Qatar delegatsiyasi Mahathir va Malayziya vazirlar mahkamasidan bir qator vakillar bilan tushki ziyofatda uchrashdi.

Shu bilan birga, Qatar tashqi ishlar vaziri Shayh Muhammad bin Abdurrahmon Al Sani Malayziya tashqi ishlar vaziri Saifuddin Abdulloh bilan uchrashdi.

Shayh Muhammad Qatar bilan Malayziya ikki tomonlama savdo va investitsiyada hamkorlik qilishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Shayh Temim ertaga Putrajayada o’tkaziladigan “Xalqaro qonunbuzarlikka qarshi kurash mukammallik mukofotlari” marosimida ishtirok etadi.

 



Aloqador xabarlar