Yaponiya sohillari yaqinida AQShga tegishli ikki samolyot to'qnashib ketgan

Bayonotga ko’ra, Yaponiyadagi Ivakini bazasidan havoga ko‘tarilgan KC-130 yonilg‘i quyuvchi transport samolyoti bilan F/A-18 qiruvchi samolyot o‘quv mashg‘uloti o‘tkazayotgan paytda to’qnashib ketgan va qulab tushgan.

1101415
Yaponiya sohillari yaqinida AQShga tegishli ikki samolyot to'qnashib ketgan
KC-130.jpg

AQSh dengiz piyodalariga tegishli ikki samolyot Yaponiya sohillari yaqinida to‘qnashib ketdi.

Bu haqda dengiz piyodalari qo’mondonligi bayonot berdi.

Bayonotga ko’ra, Yaponiyadagi Ivakini bazasidan havoga ko‘tarilgan KC-130 yonilg‘i quyuvchi transport samolyoti bilan F/A-18 qiruvchi samolyot o‘quv mashg‘uloti o‘tkazayotgan paytda to’qnashib ketgan va qulab tushgan.

Bu voqea bugun, 6 dekabr payshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 2:00 atrofida sodir bo‘lgan.

Ma'lum qilishicha, KC-130 bortida 5 kishi, F/A-18 harbiy samolyotida 2 uchuvchi bo‘lgan.

Samolyotlar qulab tushgan Yaponiyaning 200 mil sohiliga Yaponiya dengiz xavfsizlik xizmatining 6 ta kemasi va bitta patrul samolyoti yo‘l olgan.

Qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda. Fojiada yaralangan harbiy xodim Yaponiya dengiz mudofaa kuchlari tomonidan qutqarilgan.

Voqea sabablarini aniqlash uchun tergov boshlangan.

Samolyotlar Yapon dengizida Rossiya haq talab qilgan Buyuk Peter ko’rfaziga olib ketilgan.

AQSh dengiz floti qo’mondonligi ma’lum qilishicha, samolyot Rossiyaning ko’rfazdagi iddaolariga qarshi “erkin urush operatsiyasi” uchun jo’natilgan edi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Yaponiya , #samolyot , #fojia , #F/A-18 , #KC-130

Aloqador xabarlar