Esad rejimi, Idlib taranglikni kamaytirish hududida qo'shimcha harbiy kuch yubordi

Suriyada Beshar Esad rejimi, Idlib tarangligini kamaytirish hududida qo'shimcha harbiy kuch yubordi.

1101076
Esad rejimi, Idlib taranglikni kamaytirish hududida qo'shimcha harbiy kuch yubordi

Suriyada Beshar Esad rejimi, Idlib taranglikni kamaytirish hududida qo'shimcha harbiy kuch yubordi.

Erkin Suriya Qo'shini Kuchidan Milliy Ozodlik Japhasining voizi Naji Mustafa, so'ngi kunlar rejim nazoratidagi hududlarda harbiy harakat bo'lgani kuzatilganini izohladi.

Mustafa, "Kuzatishimizga ko'ra Esad rejimi, Idlib atrofida, Lazkiya va Hama tumanlaridagi japhalarga qo'shimcha kuchlar yubordi. Milliy Ozodlik japhasi sifatida har turli hujumga tayyormiz" dedi.

Ushbu harbiy kuchning Eron dastaklagan xorijlik terrorist guruhlar bo'lgani va soni 10 ming kishiga borib taqalgani ma'lum bo'ldi.

Rakka, Deyrizor, Humus va Livan chegarasidagi Kalamundan yuborilgan guruhlarning, Halabning janubi hududi bo'ylab G'arbiy Halab va Sharqiy Idlibdagi japhalarga joylashtirilgani bildirildi.

Rejim va uning safida joy olgan xorijlik terrorist guruhlar, Idlib taranglikni kamaytirish hududida uch tomondan o'rab olgan vaziyatda. 120 min  xorijlik terrorist, hududda 232 nuqtada faoliyat olib bormoqda. Terroristlar, Idlibdagi sulh kelishuvini tez tez poymol qilmoqda.

Turkiya va Rossiya 17 Sentyabr kuni Sochida  'Idlib taranglikni kamaytirish hududi" deb kelishuv tuzgan edi. Suriyalik muxolif guruhlar qurollari bilan hududdan chiqgan edi.



Aloqador xabarlar