Somalida AQSh elchixonasi ochildi

AQSh hukumati 1980 yillarda Somalida sodir bo’lgan ichki urush tufayli 1991 yilda poytaxt Mogadishudagi elchixonasini yopgan edi.

1100756
Somalida AQSh elchixonasi ochildi

AQSh 27 yil oradan so’ng Somalida diplomatik vakolatxona ochdi.

AQSh kotibligi vakili Heather Nauert Somalida 1991 yilda yopilgan AQShning doimiy diplomatik vakolatxonasi takror ochilganligini ma’lum qildi.

“Bu tarixiy voqea Somalining oxirgi yillarda qo’lga kiritgan yutuqlarining aksidir”,-deydi u.

Uning so’zlariga ko’ra, takror ochilgan diplomatik vakolatxona AQShning Somali bilan bo’lgan munosabatlarini qayta shakllantiradi.

“Bu qaror Somalining oxirgi yillarda ko’rsatgan sa’y-harakatlarining aksidir. Shu bilan birga, AQShning ikkala mamlakatga manfaat olib keladigan barqarorlik, demokratiya va iqtisodiy taraqqiyotga sodiq ekanligini ko’rsatadi. Somaliga tayinlangan elchi Donald Yamamoto va uning guruhi o’zaro munosabatlarimizni mushtarak maqsadlar asosida mustahkamlash uchun Somali hukumati va xalqi bilan mehnat qilishga oshiqmoqda”,-deydi AQSh kotibligi vakili Heather Nauert.

AQSh hukumati 1980 yillarda Somalida sodir bo’lgan ichki urush tufayli 1991 yilda poytaxt Mogadishudagi elchixonasini yopgan edi va elchixona xodimlarini chaqirib olgan edi.

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Somali , #AQSh elchixonasi

Aloqador xabarlar