Rossiya va Argentina atom energiya bo'yicha qo'shma loyihalar ustida kelishib oldi

Rosatom kompaniyasi ma’lum qilishicha, bu haqdagi strategik shartnoma Argentina poytaxti Buenos-Ayresda o’tgan G-20 sammiti doirasida imzolandi.

1099385
Rossiya va Argentina atom energiya bo'yicha qo'shma loyihalar ustida kelishib oldi

Rossiya va Argentina atom energiyadan tinchliksevar maqsadlarda foydalanishga kelishib oldi.

Rosatom kompaniyasi ma’lum qilishicha, bu haqdagi strategik shartnoma Argentina poytaxti Buenos-Ayresda o’tgan G-20 sammiti doirasida imzolandi.

Imzo marosimi Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Argentina prezidenti Mauricio Makri ishtirokida bo’lib o’tgan.

Rosatom kompaniyasi direktori Aleksey Likahachev mintaqadagi ikki tomonlama hamkorlikning asoslaridan biri Argentinadagi buyuk va kichik hajmdagi atom stansiya inshoot loyihalariga tadbiq etiladigan strategiyalarni ishlab chiqish ekanligini ma’lum qildi.

Mazkur shartnoma dunyodagi davlatlar bilan mushtarak loyihalarni ishlab chiqish, tadqiqot markazlari tashkil qilish va u yerlarda mutahassis yetishtirishni maqsad qiladi.

Shu bilan birga marosimda atom energiyadan tinchliksevar maqsadlarda foydalanish uchun maxsus Rossiya-Argentina qo’shma loyihalarining amalga oshirilishiga doir yo’l haritasi ham imzolandi.

 

 



Aloqador xabarlar