Buenos-Ayresda o‘tgan G-20 sammiti qo‘shma bayonotning qabul qilinishi bilan yakunlandi

G-20 davlatlari xalqaro savdo tizimi va Jahon savdo tashkilotini takomillashtirish zarurligi haqidagi fikrga kelishgan.

1098788
Buenos-Ayresda o‘tgan G-20 sammiti qo‘shma bayonotning qabul qilinishi bilan yakunlandi

Argentina poytaxti Buenos-Ayresda o‘tgan G-20 sammiti 1 dekabrda qo‘shma bayonotning qabul qilinishi bilan yakunlandi.

Bayonotda xalqaro tizimni qoidalarga mos ravishda davom ettirishga e’tibor qaratildi.

G-20 davlatlari xalqaro savdo tizimi va Jahon savdo tashkilotini takomillashtirish zarurligi haqidagi fikrga kelishgan.

Sammit ishtirokchilarining fikricha, amaldagi tizim “oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarmayapti”. Yetakchilar bu boradagi islohotlarni keyingi sammitda muhokama qilishga kelishib olishgan.  

Shuningdek, hujjatda AQSh va G-20ning qolgan davlatlari o‘rtasida iqlim bo‘yicha fikrlar farqliligicha qolgan.

AQSh iqlim bo‘yicha Parij kelishuvidan chiqishini tasdiqlagan, qolgan davlatlar esa, toza energetikani rivojlantirishga sodiq ekanligini ta'kidlab o‘tgan.

G-20 keyingi 3 yil uchun korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha harakatlar rejasini ma'qulladi.

Bundan tashqari, G-20 yetakchilari internetdan terrorchilik maqsadlarida foydalanishga qarshi kurashishga chaqirildi va insonlarni o‘z yurtlaridan qochishga majbur qiluvchi sabablarni bartaraf etish uchun birgalikda harakat qilish muhimligi ta'kidlab o‘tildi. 

Bayonotning so’ngi moddasida, G-20ning keyingi uchrashuvi 2019 yilning 28-29 iyun kunlari Yaponiyaning Osaka shahrida, navbatdagi sammit esa, 2020 yilda Saudiya Arabistonida o’tkazilishi qarorlashtirildi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #G-20 sammiti , #Argentina , #qo'shma bayonot , #AQSh

Aloqador xabarlar