Kanada Kashikchi jinoyati bilan aloqasi bor saudiyaliklarga nisbatan sanksiya kiritmoqchi

Kanada hukumati saudiyalik jurnalist Jamol Kashikchi jinoyati bilan aloqasi bor saudiyalik 17 kishiga nisbatan sanksiya kiritish haqida qaror qabul qildi.

1098161
Kanada Kashikchi jinoyati bilan aloqasi bor saudiyaliklarga nisbatan sanksiya kiritmoqchi

Kanada hukumati saudiyalik jurnalist Jamol Kashikchi jinoyati bilan aloqasi bor saudiyalik 17 kishiga nisbatan sanksiya kiritish haqida qaror qabul qildi.

Bu haqida Kanada Tashqi ishlar vaziri Chrystia Freeland yozma ravishda bayonot berdi.

Bayonotda qayd etilishicha sanksiya shu yilning 2-oktabri kuni o’ldirilgan saudiyalik jurnalist Jamol Kashikchi jinoyatidan mas’ul yoki mazkur jinoyat bilan aloqasi bor kishilarni o’z ichiga oladi va bu kishilarning Kanadadagi butun mol-mulkidan foydalanish huquqi bekor qilinadi.

Sanksiya ro’yhatining shuningdek Immigratsiya va qochqinlarni himoya qilish to'g'risidagi qonunga muvofiq ham ko’rib chiqilajagini eslatgan Freeland, ularning Kanadaga kiritilmasligini ham ta’kidladi.

 Kanada Tashqi ishlar vaziri Freeland,

“Saudiyalik bu 17 kishiga nisbatan sanksiya kiritilar ekan Kashikchi jinoyatining jiddiy ravishda qo’lga olinishini xohlaymiz. Saudiya Arabistoni tomonidan bugungacha mavzu haqida berilgan bayonotlar qoniqarli emas edi. Kanada, inson huquqlarini himoya qilguvchilar va matbuot erkinligini qo’llab-quvvatlashda qarorli” degan ifodalarga o’rin berdi.

“Kashikchining o’ldirilishi barcha odam bolasining ifoda erkinligiga qarshi qilingan hujumdir” degan Kanada Tashqi ishlar vaziri o’z so’zini,

“Kanada ishonchli va mustaqil tergov yuritilishini talab qilishni davom ettiradi. Jamol Kashikchining jinoyatidan mas’ul bo’lganlarning hamamsining javobga tortilishi va adolat bilan yuzlashishi kerak” deya yakunladi.



Aloqador xabarlar