AQSh Eronni “hech ikkilanmay harbiy kuch ishlatishimiz mumkin” deb tahdid qildi

Brian Hook Vashingtonda uyushtirilgan “Eron rejimining vakil guruhlarni qurol bilan ta’minlashi va davom etgan raketa ishlab chiqarish ishlari” deb nomlangan panelda Eronning mintaqadagi faoliyatlarini baholadi.

1097990
AQSh Eronni “hech ikkilanmay harbiy kuch ishlatishimiz mumkin” deb tahdid qildi

Amerika Qo’shma Shtatlarining Eron bo’yicha maxsus vakili Brian Hookning qayt etishicha agar Eron AQShning mintaqadagi manfaatlariga ziyon yetkazgudek bo’lsa unda AQSh hech ikkilanmay Eronga harbiy kuch orqali javob berishi mumkin.

Brian Hook Vashingtonda uyushtirilgan “Eron rejimining vakil guruhlarni qurol bilan ta’minlashi va davom etgan raketa ishlab chiqarish ishlari” deb nomlangan panelda Eronning mintaqadagi faoliyatlarini baholadi.

Hook, Eron nomidan urushgan tomonlarning Yaman, Afg’oniston, Iroq va Saudiya Arabistonida Eronga oit qurollardan foydalanganligini belgilab o’tgan holda, Eron xavfining ortganligini va vaziyatga ko’ra harakat qilinmagudek bo’lsa mintaqadagi taranglik xavfining avj olishi mumkinligini ta’kidladi.

Eronning dunyodagi terror tashkilotiga bergan yordamining ortganligini va mintaqadagi tinchlikni buzganligini iddio etgan Hook, Eron tomonidan qo’llab-quvvatlangan guruhlarning o’tgan oylarda Basra va Iroqdagi AQSh konsulliklariga qarshi hujum uyushtirishlarini nazarda tutgan holda,

“Eron AQShning mintaqadagi manfaatlariga ziyon yetkazgudek bo’lsa unda AQSh hech ikkilanmay Eronga harbiy kuch orqali javob berishi mumkin” dedi.

Hookning ifoda etishicha Trump boshqaruvining Yaqin Sharqdagi nishoni, AQSh bilan ittifoq bo’lgan davlatlarning Eronga bo’lgan ko’z qarashini yoki munosabatini AQSh bilan bir xil qilishdan iboratdir.  

Eronning 2007-yildan beri Afg’onistonda, Tolibonni qurol bilan ta’minlaganligini eslatib o’tgan Hook, Tehron boshqaruvi terror tashkilotini qo’llab-quvvatlashni davom ettirgudek bo’lsa unda yana-da ko’proq saksiyalarga duch kelishi mumkinligini ta’kidladi.


 

 

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Eron , #sanksiya , #harbiy kuch

Aloqador xabarlar