Alenka Erments Sloveniya qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i etib tayinlandi

55 yoshdagi general-mayor Alenka Erments bugun sobiq rahbar Alan Federdan bu lavozimni tantanali ravishda qabul qilib oladi.

1096517
Alenka Erments Sloveniya qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i etib tayinlandi

Sloveniya hukumati 55 yoshdagi general-mayor Alenka Ermentsni Sloveniya qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i etib tayinladi.

Shu bilan Alenka Erments bu lavozimga loyiq deb topilgan birinchi ayolga aylandi.

Ta'kidlanishicha, mudofaa vaziri Karl Eryavtsning talabiga binoan general-mayor Alenka Ermentsni Sloveniya qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i etib tayinlash to’g’risida qaror berilgan.

Erments bugun 22 fevraldan buyon qurolli kuchlar bosh shtabi boshlig‘i lavozimini yuritib kelayotgan Alan Federdan bu lavozimni tantanali ravishda qabul qilib oladi.

Alenka Erments 1991 yildan buyon respublika qurolli kuchlari safida xizmat qiladi. U 2009 yilda Londondagi Qirollik harbiy kolledjini tamomlagan va magistr darajasini olgan.

2018 yilning noyabrida unga general-mayor unvoni berilgan.

 




 



Aloqador xabarlar