Va nihoyat, Kaliforniyadagi yong'in o'chirildi

Shtatning shimolidagi Paradise shahrida 8-noyabr kuni boshlagan o’rmon yong’inlari oqibatida qariyb 14 mingta uy, 514 ta ishxona va 4262 ta bino foydalanishdan chiqqan.

1095247
Va nihoyat, Kaliforniyadagi yong'in o'chirildi

Amerika Qo’shma Shtatlarining Kaliforniya shtatida 8-noyabrdan beri davom etgan o’rmon yong’ini kechadan e’tiboran butunlay nazorat ostiga olinar ekan, voqeada jon berganlar soni 85 nafarga yetdi.

Amerika ommaviy axborot vositasida o’rin olgan ma’lumotga ko’ra shtatning shimolida yuz bergan va “Gulhan yong’ini” deb atalgan o’rmon yong’ini, kecha tong saharlab butunlay o’chirildi.

Undan tashqari yana 2 kishining jasadi topildi va bu bilan voqeada jon berganlar soni 85 nafarga yetdi.

Yong’inda bedarak yo’qolgan 251 kishi haligacha topilmagan. Jon berganlar sonining ortishidan xavotir olinmoqda.

Shtatning shimolidagi Paradise shahrida 8-noyabr kuni boshlagan o’rmon yong’inlari oqibatida qariyb 14 mingta uy, 514 ta ishxona va 4262 ta bino foydalanishdan chiqqan.  

Qariyb 620 kvadrat kilometrlik maydonni qamrab olgan yong’in, Chicago shahrining umumiy maydoniga teng keladi.

Mazkur yong’in Kaliforniya tarixida “eng yirik, eng dahshatli va eng ko’p o’limlarga yo’l ochgan voqea” sifatida qayd etildi.  


 

 

 

 



Aloqador xabarlar