Trump, AQShdan boshpana talab qilmoqchi bo’lgan migrantlarni tahdid qildi

Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Trump AQShdan boshpana talab qilmoqchi bo’lgan migrantlar haqida ijtimoiy media orqali bayonot berdi.

1094444
Trump, AQShdan boshpana talab qilmoqchi bo’lgan migrantlarni tahdid qildi

Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Trump Markaziy Amerikadan AQShga kelish uchun yo’lga chiqqan 7 ming migrantdan hech birining, sudning ruxsatisiz AQShga kiritilmasligini ma’lum qildi.  

Donald Trump Markaziy Amerikadan yo’lga chiqqan va AQShning janubiy chegarasiga yetib kelgan migrantlar haqida ijtimoiy media orqali bayonot berdi.

Sud ruxsatisiz migrantlarning birontasining ham AQShga kiritilmasligini ta’kidlagan Trump, “Yurtimizga faqatgina qonuniy yo’llar orqali kirganlarga ruxsat beramiz. Noqonuniy yo’llar orqali kirganlar uchun qo’lga tushirib, nazorat ostiga olish siyosatimizni yo’lga qo’yamiz” degan ifodalarga o’rin berdi.

Trump, migrantlarning Meksikada qolishini belgilab o’tgan holda kerak bo’lsa janubiy chegaralarning butunlay yopilajagini o’z so’ziga ilova etdi.

Donald Trump shuningdek, “O'nlab yillar davom etgan zo’ravonliklardan so’ng Qo'shma Shtatlari bu xavfli vaziyatga toqat qilolmaydi” degan ifodalarga o’rin berdi.

Washington Post gazetasida bugun o’rin olgan xabarda qayd etilishicha Trump boshqaruvi Meksikada o’z vazifasini boshlash arafasidagi yangi hukumat bilan kelishib olgan. Mazkur kelishuvga ko’ra AQShdan boshpana talab qilmoqchi bo’lgan migrantlar, AQSh chegarasidagi xavfsizlik xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan qonuniy ishlari hal qilingunga qadar Meksikada kutadi.

Mavzu haqida bayonot bergan Meksika hukumatining Tashqi ishlar vaziri nomzodi Olga Sanchez bu iddiolarni rad etgan holda, hech qanday masalada kelishilmaganligini ifoda etdi.



Aloqador xabarlar