Abu Dabi Valiaxd  Shahzoda Muhammad bin Zayid Al Nahyan haqida jinoiy shikoyat berildi

Fransiyada, Yamanda urush, g’ayriinsoniy  muomala  va qatliom jinoyatlariga sherik bo’lgani sababi bilan Abu Dabi Valiaxd  Shahzoda Muhammad bin Zayid Al Nahyan haqida jinoiy shikoyat berganlarini ma’lum qildi.

1092988
Abu Dabi Valiaxd  Shahzoda Muhammad bin Zayid Al Nahyan haqida jinoiy shikoyat berildi

Fransiyada, Yamanda urush, g’ayriinsoniy  muomala  va qatliom jinoyatlariga sherik bo’lgani sababi bilan Abu Dabi Valiaxd  Shahzoda Muhammad bin Zayid Al Nahyan haqida jinoiy shikoyat berganlarini ma’lum qildi.   

İnson haqlari tashkiloti xalqaro haq va erkinliklar mudofaa  birligi  advokati Joseph Brehma,  uyushtirgan matbuoti anjumanida,  Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashuv o’tkazish uchun poytaxtda bo’lgan valiaxd shahzoda Muhammad bin Zayid Al Nahyan haqida Yamanda urush, g’ayriinosiy muomala  va qatliomga  sherik bo’lish sababi bilan  jinoiy shikoyat berganlarini ma'lum qildi.

Breham, jinoyat bildirishida bo’lganlar qatorida Yamanliklar ham mavjud deb bildirildi.

Yamanda 4 yil oldin Hudilar poytaxt Sanani qo’lga kiritishi bilan boshlagan ichki urush sababli minglab tinch aholi halok bo’ldi. Millionlab inson ochlik xavfi ostida.

Urushdan tashqari, vabo, difteriya va shunga o'xshash kasalliklarning tarqalishi, qahatchilik, dori-  darmon tanqisligi va ichki urushlar  fuqarolarning shikoyatini oshirmoqda. Mamlakat bo'ylab 22 million kishi gumanitar yordamga muhtoj.

Yamanda qonuniy hukumat “ o’lkaning hokimiyatiga aralashish bilan ayblagan” Birlashgan Arab Amrliklari bilan uzoq muddatli buhronga sabab bo’lmoqda deb ayblamoqda.

Yaman hukumati, bundan tashqari BAAni o’lkaning janubi va g‘arbidagi qurolli guruhlarni  himoya qilish,  milliy qo’shin va liderlarini tarqatishga harakat qilish bilan ayblamoqda.

Uzoq muddat siyosiy barqarorsizlik hukm surgan Yamanda, Husilar bilan qonuniy ma’muriyatga qarashli kuchlar o’rtasida to’qnashuvlar sodir bo’lmoqda. Husilar, 2014- yili sentabridan  beri poytaxt Sana ba ba’zi hududlarni nazoratida, Saudiya Arabiston rahbariyatidagi koalitsiya kuchlari esa 2015 yili  martidan beri Husilarga qarshi Yaman hukumatini himoya qilmoqda.  

Yamanda tomonlar o’rtasida to’qnashuvlar davom etar ekan Saudiya Arabiston  rahbariyatidagi koalitsiyaning aralashuvi bilan o’lkadagi insoni vaziyat tobora  yomonlashib  bormoqda.









 

 



Aloqador xabarlar