Trump: “Muhammad bin Salmon balki Kashikchi jinoyatidan boxabar edi”.

Trump, AQSh va Saudiya Arabistoni munosabati haqida bergan bayonotida AQSh razvedkasining Jamol Kashikchi jinoyati ustidan toplangan ma’lumotlarni baholashni davom ettirganligini ma’lum qildi.

1092088
Trump: “Muhammad bin Salmon balki Kashikchi jinoyatidan boxabar edi”.

Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Trumpning qayd etishicha Saudiya Arabistoni valiaxd shahzodasi Muhammad bin Salmon Jamol Kashikchi jinoyatidan boxabar bo’lgan bo’lishi mumkin.

Trump, AQSh va Saudiya Arabistoni munosabati haqida yozma ravishda bergan bayonotida AQSh razvedkasining Jamol Kashikchi jinoyati ustidan toplangan ma’lumotlarni baholashni davom ettirganligini ma’lum qildi.

O’z bayonotida ikkala mamlakatning savdo munosabatiga e’tibor qaratgan Trump Vashington va Riyad o’rtasida, ikkala mamlakat tarixida rekord xisoblanadigan darajada investitsiya shartnomalari tuzilganligini qayd etdi.  

Kashikchi jinoyatiga “judayam yomon, xunuk voqea” deb baho bergan Trump bayonotida, AQShning bu jinoyatga qarshi og’ir qadamlar tashlaganligini ta’kidladi.

“Mustaqil tergov natijasida bu xunuk voqea haqida ko’p narsa bilamiz” degan ifodalarga o’rin bergan Trump o’z so’zida Saudiya Arabistoni yetakchilarining Kashikchiga davlat dushmanidek muomala qilganligini lekin AQShning mazkur jinoyat masalasidagi qarorlarida Kashikchi haqida bunday munosabatga o’rin berilmaganligini eslatgan holda:

“Qirol Salmon bilan valiaxd shahzoda Muhammad bin Salmon Kashikchi jinoyatiga qo’l urilishi yoki rejalashtirilishi masalasidan bexabar bo’lganliklarini keskin ravishda rad etmoqda. Bizning razvedkamiz ma’lumotlarni yig’ishni davom ettirmoqda lekin valiaxd shahzoda mazkur dahshatli voqea haqida oldindan boxabar bo’lgan bo’lishi mumkin, balki bo’ldi, balki bo’lmadi” dedi.  

Trump bayonotida shuningdek,

“Shu bilan birga Kashikchi jinoyati haqida hech qachon aniq fikrga kelolmaymiz” der ekan Saudiya Arabistonining Eronga qarshi kurashda muhim hamkor ekanligini belgilab o’tgan holda,

“AQSh Saudiya Arabistoni bilan birga barqaror hamkorligini davom ettirishni xohlaydi” dedi.

Kongressning Kashikchi jinoyatini boshqa jihatdan qo’lga olish haqida qaror qabul qilishining ham mumkinligini eslatgan Trump, “AQSh xavfsizligi oldingi o’rinda ekan, har qanday ko’z qarashlarga ochiqmiz” dedi.

Aytib o’tish joizki Jamol Kashikchi 2-oktabr kuni rasmiy hujjat uchun Saudiya Arabistonining Istanbuldagi Bosh konsullik binosiga borar ekan u yerda vahshiylarcha o’ldirlgan edi.



Aloqador xabarlar