Kaliforniyadagi yong’inda jon berganlar soni yana ortdi

Kaliforniyaning shimolidagi Paradise shahrida 8-noyabrdan beri davom etgan va shtat tarixidagi eng dahshatli yong’in hisoblangan voqeada jon berganlar soni 81 nafarga yetdi.

1092505
Kaliforniyadagi yong’inda jon berganlar soni yana ortdi

Amerika Qo’shma Shtatlarining Kaliforniya shtatida yuz bergan o’rmon yong’inida jon berganlar soni 81 nafarga yetdi.

Shtatning shimolida 8-noyabrdan beri davom etgan va shtat tarixidagi “eng dahshatli ofat” deb qayd etilgan yong’inda jon berganlar soni kun o’tgan sayin ortib bormoqda.

Rasmiylar yana 2 kishining jasadining topilishi ortidan jon berganlar sonining 81 nafarga yetganligini ma’lum qildi.  

Aytib o’tish joizki ofat oqibatida qariyb 700 kishi bedarak yo’q. Undan tashqari 12 mingdan ortiq bino foydalanishdan chiqqan. Shuningdek 61 ming 107 gektarlik maydon yonib kulga aylangan.

Ofat oqibatida o’z uy-joylaridan ajragan ko’plab kishi haligacha mintaqada yong’inga qarshi kurash olib bormoqda.



Aloqador xabarlar