Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Argentinaga safar qiladi

Saudiya Arabistoni matbuotida tarqatilgan xabarlarga ko’ra, valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon 30 noyabr-1 dekabr kunlari Argentinada o’tkazilishi rejalangan G-20 sammitida ishtirok etadi.

1091608
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Argentinaga safar qiladi

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchi jinoyatidan so’ng, xorijga birinchi davlat ziyoratini amalga oshiradi.

Saudiya Arabistoni matbuotida tarqatilgan xabarlarga ko’ra, valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon 30 noyabr-1 dekabr kunlari Argentinada o’tkazilishi rejalangan G-20 sammitida ishtirok etadi.

Shahzodaning Argentinadan tashqari boshqa qaysi mamlakatlarga borishi haqida ma’lumot berilmadi.

Eslatma: Saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchi shu yilning 2 oktyabr kuni Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulligida vahshiyona o’ldirilgan edi.

 



Aloqador xabarlar