Trump, AQShning ikki kunda Kashikchi jinoyati borasida yakuniy xulosaga kelishini ma'lum qildi

Kaliforniyadagi o’rmon yong’inlariga qarshi kurash faoliyatlarini kuzatgan Trump, Malibu shahrida jurnalistlarning savoliga javob berdi.

1089995
Trump, AQShning ikki kunda Kashikchi jinoyati borasida yakuniy xulosaga kelishini ma'lum qildi

Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Trump saudiyalik jurnalist Jamol Kashikchi jinoyati haqidagi keng ko’lamli hisobotning shu yilning 20-noyabri kuni tayyor bo’lishini ma’lum qildi.

Kaliforniyadagi o’rmon yong’inlariga qarshi kurash faoliyatlarini kuzatgan Trump, Malibu shahrida jurnalistlarning savoliga javob berdi.

Markaziy razvedka boshqarmasi tomonidan (CIA) Kashikchi jinoyati haqidagi buyruqning Saudiyaning valiaxd shahzodasi Muhammad bin Salmon tomonidan berilganligi bilan natijalangan iddiolarga to'xtalgan Trump,

“Hali hanuz baholangani yo’q. Baholash uchun hali erta. Bu tamomlanmagan hisobotdir” dedi.

Trump,

“Kelasi ikki kun ichida balki yakshanba yoki seshanba kuni hisobot butunlay tamomlangan bo’ladi” deya gapirdi.

Kun davomida Markaziy razvedka boshqarmasi Direktori Gina Haspel bilan uchrashganligini qayd etgan Trump,

“Bir jurnalistning o’ldirilishi qo’rqinchli voqea” degan ifodalarga o’rin berdi.

Kaliforniyaga ketishdan oldin Oq uyning hovlisida jurnalistlarga bayonot bergan Trump, saudiyalik jurnalist Jamol Kashikchi jinoyati haqidagi buyruqning Saudiyaning valiaxd shahzodasi Muhammad bin Salmon tomonidan berilganligi bilan natijalagan iddiolari haqida hali hanuz CIA tomonidan brifing berilmaganligini ifoda etgan edi.

Trump,

“Bizga uning (bin Salmonning) bunda hech qanday roli yo’qligi haqida aytildi. Nimalar deyishini kutamiz” dega gapirdi.

Ortidan AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili Heather Nauert Trumpning, Davlat kotibi Mike Pompeo va CIA Direktori Haspel bilan telefon orqali muloqat qilganligini ma’lum qilgan edi.

Rasmiy vakil, “AQSh Jamol Kashikchi jinoyati borasida yakuniy xulosaga keldi” degan iddiolarning noto’g’ri ekanligini ifoda etgan edi.

 

 



Aloqador xabarlar