New York Timesi gazetasi Kashikchi jinoyati haqida yangi iddiolarni o’rtaga tashladi

New York Timesi gazetasining yangi iddiolariga ko'ra valiaxd shahzoda Muhammad bin Salmonga muhim chet el tashriflarida hamrohlik qilgan tansoqchi Mohir Abdulaziz Mutrab jinoyatdan ko’p o’tmay telefon orqali muloqat qilgan.

1086815
New York Timesi gazetasi Kashikchi jinoyati haqida yangi iddiolarni o’rtaga tashladi

Amerikaning New York Times gazetasi Jamol Kashikchini o’ldirish uchun Istanbulga kelgan 15 kishilik bir guruhning a’zosi va valiaxd shahzoda Muhammad bin Salmonga muhim chet el tashriflarida hamrohlik qilgan tansoqchi Mohir Abdulaziz Mutrabning jinoyatdan ko’p o’tmay telefon orqali muloqat qilganligini ma’lum qildi.  

Ma’lumotga ko’ra Mutrab telefon orqali arab tilida gaplashar ekan unda nomini tilga olmagan holda, “Boshlig’ingizga ayting, odamlar ishlarini hal qildi” degan.

New York Times tarqatgan ma’lumotga ko’ra Saudiya Arabistoni bu xabarlarni yolg’onga ham chiqargan.

Ma’lumotda shuningdek o’tgan oyda Turkiyaga tashrif buyurganida ushbu ovozlar yozilgan audioni tinglaganligi belgilab o’tilgan Amerika Qo’shma Shtatlarining Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari Gina Haspel va boshqa tashkilot rasmiylarining bu hafta Kashikchi tergovi haqida Amerika kongressiga ma’lumot berajagi qayd etildi.  

Undan tashqari Buyuk Britaniya Bosh vaziri Theresa May Kashikchi jinoyati haqida bergan bayonotida,

“Tashqi ishlar vazirimiz Riyadga bo’lgan tashrifi chog’ida yana bir bor bu borada to’g’ri va aniq tergov ishi olib borilishi va javobgarlarning jazoga tortilishi kerakligini ochiq-oydin aytgan” dedi.

Reuters axborot agentligiga intervyu bergan Tashqi ishlar vaziri Jeremy Hunt ham,

“Kashikchi jinoyati bo’yicha javobgarlarning tez kunlarda sud oldida javob berishiga ishonchim komil” deya gapirdi.

Hunt shuningdek,

“Riyadga bo’lgan tashrifim chog’ida tashvishlarimizni ochiq-oydin yetkazdik. Bunday voqeaning takrorlanmasligi kerakligining ahamiyatini ta’kidladim” degan ifodalarga o’rin berdi.

Aytib o’tish joizki Jamol Kashikchi 2-oktabr kuni rasmiy hujjat uchun Saudiya Arabistonining Istanbuldagi Bosh konsullik binosida vahshiylarcha o’ldirilgan edi.



Aloqador xabarlar