Kaliforniyadagi yong’inda jon berganlar soni ortib bormoqda

Kaliforniyaning shimolidagi Paradise shahrida 8-noyabrdan beri davom etgan va shtat tarixidagi eng dahshatli yong’in hisoblangan voqeada jon berganlar soni 42 nafarga yetdi.

1086722
Kaliforniyadagi yong’inda jon berganlar soni ortib bormoqda

Amerika Qo'shma Shtatlarining Kaliforniya shtatida davom etgan yong’inda jon berganlarning soni 42 nafarga yetdi.

Kaliforniyaning shimolidagi Paradise shahrida 8-noyabrdan beri davom etgan o’rmon yong’inlarida jon berganlar soni ortib bormoqda.

The Butte County tumani yetakchisi Kory Honea 200dan ortiq kishi haqida hech qanday ma’lumot olinolmaganligini qayd etdi.

Shaharda yana 13 kishining jasadi topilar ekan ortidan shtat tarixidagi eng dahshatli yong’inda jon berganlarning soni 42 nafarga yetdi.

Yetti mingdan ortiq uy, maktab va ishxonaga ziyon yetgan yong’inda shtatning janubida ham mashhur shotlandiyalik aktyor Gerard Butler, qo’shiqchi Miley Cyrus, aktyor Scott Baio, rejissyor Guillermo del Toro, reality show yulduzi Kim Kardashian, aktrisa Alyssa Milano va aktyor Rainn Wilson kabi shaxslarning uylari ham yondi yoki ziyon ko’rdi.

 

 

.



Aloqador xabarlar