Isroil armiyasi hujum orqali falastinlik 7 kishini shahid qildi

Isroil armiyasi tomonidan qurshovi ostidagi G’azo sektorida uyushtirigan hujum oqibatida falastinlik 7 kishi jon berdi. Jon berganlardan tashqari 7 kishi tan jarohati oldi.

1086441
Isroil armiyasi hujum orqali falastinlik 7 kishini shahid qildi

Isroil armiyasi tomonidan qurshovi ostidagi G’azo sektorida uyushtirigan hujum oqibatida falastinlik 7 kishi jon berdi. Jon berganlardan tashqari 7 kishi tan jarohati oldi.

Isroil armiyasi, kelib chiqqan to’qnashuvda 1 askarining o’ldirilganligini ma’lum qildi.

Falastin Sog’likni saqlash vazirligi voizi Ashraf al-Qudra, Hon Yunusning sharqiy chegarasiga qarshi uyushtirilgan hujumda falastinlik 7 kishining shahid bo’lganligini, 7 kishining esa tan jarohati olganligini qayd etdi.

Hamasning harbiy qanoti “Izz ad-Din al-Qassam” brigadasi tomonidan shu haqida berilgan bayonotda bir guruh Isroil askarining oddiy avtomobil orqali G’azoning janubidagi Hon Yunusning 3 kilometrcha ichiga kirganligi va brigada qo’mondonlaridan Nur Berekega qarshi suiqasd uyushtirganliklari qayt etildi.

Bayonotda, yuqorida nomi tilga olingan Isroil askarlarining mintaqaga kirganligining anglashilishi ortidan Qassam unsurlarining harakat boshlatganligi va askarlarning mintaqadan chiqib ketishini ta’minlaganligi ilova etildi.  

Bayonotda shuningdek, Isroil urush uchoqlarining askarlarning mintaqadan chiqib ketishini qulaylashtirish uchun G’azoning janubiga qarshi uyushtirgan hujumida ba’zi falastinliklarning shahid bo’lganligiga e’tibor qaratdi.

Isroil armiyasi tomonidan shu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda esa, “Isroil armiyasining maxsus topshiriqli kuchlari G’azo sektorida xavfsizlik amaliyoti uyushtirdi. Amaliyot chog’ida bir nafar Isroil askari o’ldi, 1 askar esa yengil tan jarphati oldi” degan ifodalarga o’rin berildi.



Aloqador xabarlar