AQSh Eronga joriy etgan sanksiyalar ro'yxatini e'lon qildi

AQShning Eronga qarshi kiritgan yangi sanksiyalar ro‘yxatini "www.treasury.gov/resource-center/sanctions/OFAC-Enforcement/Pages/20181105_names.aspx" linkidan olishingiz mumkin.

1082457
AQSh Eronga joriy etgan sanksiyalar ro'yxatini e'lon qildi

AQSh Eronning 700 dan ko‘proq shaxsi, tashkiloti, samolyotlari va kemalarini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi.

AQSh moliya vazirligi Eronga sanksiyalarning ikkinchi bosqichiga doir ro‘yxatni ma'lum qildi.

AQSh moliya vazirligining internet saytida e’lon qilingan ro’yxatga 300dan ortiq Eron fuqarosi, energiya sektorida faoliyat ko’rsatgan 100dan ziyod tashkilot va 200dan ko’proq kema, 70 ta moliyaviy tashkilot, jumladan 14 ta yirik bank kiritilgan. 

Shuningdek, Eronning eng yirik aviakompaniyasi Iran Air va uning 67 ta samolyoti ham ushbu qora ro’yxatdan joy olgan.

Qora ro’yxatga olingan banklar quyidagilar; Eron eksport taraqqiyoti banki, Bank Melli, Arian bank, Future Bank, Ghavamin Bank, Bank Sepah, Industriya va ma’dan banki, Post bank, Bank Tejarat, Ayendah Bank, Europaisch-Iranische Handelsbank AG va Day Bank.

AQSh moliya vazirligi Eron banklarini SWIFT xalqaro to‘lov tizimi yordamida xalqaro operatsiyalarni amalga oshirish imkonidan mahrum qildi.

Endi tizimdan uzilgan banklar xalqaro to‘lov operatsiyalarini amalga oshira olmaydi.

Ro’yxatga kiritilgan Eron mahalliy neft kompaniyasining ham Erondan tashqarida faoliyat ko’rsatgan o’nlab firmalari ushbu sanksiyalardan zarar ko’radi.

Eron Islom Jumhuriyati kemasozlik kompaniyasi (IRISL), Eron mahalliy tanker kompaniyasi (NITC) va 211 kema hamda bunga aloqador bo’lgan 65 shaxsga ham sanksiya joriy etilishi ma’lum qilindi.

“Valfair”, “Hafez Darya Arya”, “Safiran Payam Darya” nomli shirkatlar ham Eron Islom Jumhuriyati kemasozlik kompaniyasi va Eron mahalliy tanker kompaniyasi bilan biznes olib borganligi uchun sanksiya ro’yxatiga kiritildi.

AQShning Eronga qarshi kiritgan yangi sanksiyalar ro‘yxatini "www.treasury.gov/resource-center/sanctions/OFAC-Enforcement/Pages/20181105_names.aspx" linkidan olishingiz mumkin.

 


Tanlangan kalimalar: #Eron , #AQSh , #sanksiya , #ro'yxat

Aloqador xabarlar