AQSh prezidenti Donald Tramp Argentinada Vladimir Putin bilan uchrashadi

AQSh prezidenti Donald Tramp yaqinda Argentinada bo’lib o’tadigan G-20 sammiti doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishini ma’lum qildi.

1082253

10-11 noyabr kunlari Fransiya poytaxti Parijda birinchi jahon urushi yakunlanganining yuz yilligi munosabati bilan o’tkaziladigan tadbirda ishtirok etishini ma’lum qilgan Tramp, u yerda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan balki uchrasha olmasligini bildirdi.

“Hozircha Parijda uchrashib yoki uchrashmasligimiz aniq emas. Balki uchrashmasligimiz ham mumkin”,-deb aytgan Tramp.

Shu bilan birga, Tramp AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Haleyning o’rniga yangi nomzod taklif qilishini qo’shimcha qildi.

Amerika matbuotida tarqatilgan xabarlarga ko’ra, hozirda AQSh kotibligida xizmat qilgan Heather Nauert bu lavozimga eng loyiq nomzodlardan biri deb topilgan.

Aloqador xabarlar