AQSh bugundan e'tiboran Eronga sanksiya tatbiq etishga boshladi...
AQSh hazina vazirligi Eronga 180 kun to'lishi bilan ikkinchi bosqich sanktsiyasi Turkiya soati bilan 08.00 dan boshladi.
Amerika qo'shma shtatlari (AQSh) prezidenti Donald Trumpining, Eron bilan yadro shartnomasidan voz kechgandan keyin tatbiq elishini bildirgan sanktsiyalarning 'energiya, finans va kema yuk toshishini o'z ichiga olgan ikkinchi bosqichi bugun Turkiya soati bilan 08.00 dan e'tiboran kuchga kirdi.
Trumpning may oyi, Eron bilan 2015- yili tuzilgan shartnomadan chiqishini aytgandan keyin AQSh hazina vazirligi, Eronga qarshi sansktsiyalarning 90 va 180 kun ichida bosqichma bosqich qayta kuchga kirishga boshlanishini ma'lum qilgan edi.
Bu doirada 90 kundan keyin ilk sanktsiya 7-Avgust kuni kuchga kirgan edi.
AQSh hazina vazirligining 180 kun to'lishi bilan ikkinchi bosqich sanktsiyasi esa Turkiya soati bilan 08.00 dan boshladi.
2 bosqich sanktsiyalarda 6 modda mavjud.
Ushbu moddalarning boshida, Eronning port operatorlari, kema xizmatlari va kemasozlik sektorlari joy olmoqda. Sanktsiyalar, Eron Islom Jumhuriyati kema xizmatlari tarmog'i, Janubiy Kema xizmatlari liniyasi kabi firmalar va bunlar bilan aloqali tashkiotlarni o'z ichiga olmoqda.
Hazina vazirligining sanktsiyalarining ikkinchi bosqichi neft bilan bog'i. Eron Milliy Neft Shirkati (NIOC) va Milliy Tanker Shirkatini (NITC) ham o'z ichiga olgan sanktsiyalar, Erondan neft yohud neft ximyo mahsulotlari xarid qilishda xalqaro cheklovlar kiritmoqda.
Sanktsiyalar xorij finans tashkilotlarining Eron markaziy banki va ayrim Eronlik finans tashkilotlariga tatbiq etiladi.
Eronga qarshi sanktsiyalarning 5. va 6. moddalarida esa vositachi va sug'urta shirkatlari bilan Eron energiya sektoriga cheklovlar kiritmoqda.
Boshqa tomonda AQSh hazina vaziri Steven Mnuchin, oldinga kun bergan bayonotida, bugun boshlagan sanktsiyalar doirasida, 700 dan ziyod Eron shirkati va tashkilotining qora ro'yxatga kiritilishini bildirdi.
Shuningdek, AQSh tashqi ishlar vazri Mike Pompeo, bergan bayonotida, Erondan neft importini kamaytirgan lekin butunlay uzmagan 8 davlatga, neft eksporti uchun vaqtincha imtiyoz tanidi, ushbu davlatlarning bugun ma'lum bo'lishi ifoda etildi.
Pompeo, Yevroa Ittifoqiga bir imtiyoz berilmasligini bildirdi.
Aloqador xabarlar
Iqlim shoklari 242 million bolaning ta’lim – tarbiyasiga monelik qildi
Iqlim shoklari 2024 - yili 242 million bolaning ta’lim – tarbiyasiga monelik qildi.