Fransiya va Britaniya Kashikchi jinoyati ortidan qirol Salmonga qo’ng’iroq qildi

Fransiya Prezidenti Emmanuel Macron bilan Britaniya Bosh vaziri Theresa May saudiyalik jurnalist Jamol Kashikchining o’ldirilish masalasi bo’yicha Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz bilan telefon orqali muloqat qildi.

1075450
Fransiya va Britaniya Kashikchi jinoyati ortidan qirol Salmonga qo’ng’iroq qildi

Fransiya Prezidenti Emmanuel Macron bilan Britaniya Bosh vaziri Theresa May saudiyalik jurnalist Jamol Kashikchining o’ldirilish masalasi bo’yicha Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz bilan telefon orqali muloqat qildi.

Macron qirol Salmon bin Abdulazizdan jurnalist Jamol Kashikchi jinoyatiga aniqlik kiritilishini talab qildi.

Fransiya tomonidan shu haqida chop etilgan bayonotga ko’ra ikkala lider mazkur muloqat chog’ida jurnalist Kashikchining o’limi ustidan olib borilgan tergov ishlarini qo’lga olganlar. Shuningdek Macron bu jinoyat oldida qanchalik g’azablanganligini eslatgan holda, Salmon bin Abdulazizdan bunga sabab bo’lgan shar-sharoitlarning aniqlanishini talab qilgan.

Macron qirol Salmonga Italiya uchun so’z, matbuot va jamoatchilik erkinligining qanchalik muhim ekanligini ifoda etgan holda, Fransiyaning sheriklari bilan jinoyatchilarga nisbatan xalqaro sanksiya kiritishda hech ikkilanmasligini yetkazgan.

Bayonotda uchrashuvning Fransiya va Saudiya Arabistoni o’rtasidagi tarixiy munosabatlar va strategik muloqat doirasida olib borilganligi eslatilar ekan ikkala liderning Yaman va Suriya bosh bo’lish bilan birga mintaqaviy masalalarni ham qo’lga olganliklari ilova etilgan.

Britaniya tomonidan shu haqida berilgan bayonotga ko’ra Theresa May mazkur uchrashuvda qirol Salmonga Britaniyaning Kashikchining o’ldirilishidagi jiddiy tashvishini yetkazgan.

May shuningdek bugungacha berilgan bayonotning ishonchli emasligini, shuning uchun ham aslida nimalar bo’lganligining tezlik bilan aniqlanishi kerakligini ifoda etgan. Eng muhimi Saudiya Arabistonini Turkiya tomonidan olib borilgan tergovda hamkorlik qilishga, natijalar masalasida shaffof bo’lishga chaqirgan.

Kashikchining o’ldirilishida aloqasi bor hammaning bunga javob berishi kerakligini takrorlagan Britaniya Bosh vaziri, qirol bin Abdulazizga Kashikchi jinoyatidagi shubhalilarning Britaniya vizalarining bekor qilinajagini ham yetkazgan.

Aytib o’tish joizki Washington Post gazetasi jurnalisti Jamol Kashikchi shu yilning 2-oktabri kuni rasmiy hujjatlar uchun Saudiya Arabistonining Bosh konsullik binosiga kirganidan keyin bedarak yo’qolgan edi.

Saudiya Arabistoni boshqaruvi 20-oktabr kuni Kashikchining “konsullik binosida yuz bergan bir janjal natijasida o’lganligi” haqida ma’lumot tarqatgan.

 



Aloqador xabarlar