Saudiyalik prokuror:"Jamol Kashikchi jinoyati oldindan rejalangan..."

Ayni vaqtda, Jamol Kashikchi jinoyati bo'yicha Turkiyada ham, Saudiya Arabistonida ham qattiq tergov ketmoqda.

1075601
Saudiyalik prokuror:"Jamol Kashikchi jinoyati oldindan rejalangan..."

 

Saudiya Arabistoni bosh prokuraturasi Jamol Kashikchi jinoyati oldindan rejalanganligini ma'lum qildi.

Arab matbuotida yozilishicha, saudiyalik prokuror: "Turkiyadan kelgan ma'lumotlar jinoyatning oldindan rejalanganligini ko'rsatadi. Jinoyatga qo'l urganligi gumon qilingan shaxslar ustidan tergov davom etmoqda",-dedi.

Eslatma: Vashington Post gazetasiga maqolalar yozgan saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Kashikchi shu yilning 2 oktyabr kuni hujjatlarini rasmiylashtirish maqsadida Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulxonasiga kelgandan keyin yo’qolib qolgan edi.

Saudiya Arabistoni hukumati 20 oktyabr kuni jurnalist Jamol Kashikchining Istanbuldagi bosh konsullikda kelib chiqqan janjal oqibatida halok bo'lganini tasdiqlagan edi.

Ayni vaqtda, Jamol Kashikchi jinoyati bo'yicha Turkiyada ham, Saudiya Arabistonida ham qattiq tergov ketmoqda.

 

 

 



Aloqador xabarlar