Britaniya saudiyalik jurnalist Jamol Kashikchining o’ldirilishini keskin qoraladi

Britaniya parlamenti Kashikchining o’ldirilishi ortidan maxsus majlis o’tkazdi.

1073728
Britaniya saudiyalik jurnalist Jamol Kashikchining o’ldirilishini keskin qoraladi

Britaniya Bosh vaziri Theresa May saudiyalik jurnalist Jamol Kashikchining o’ldirilishini keskin qoralaganliklarini qayd etdi.

Parlamentda nutq so’zlagan Theresa May,

“Parlamentdagilarning hammasining Jamol Kashikchining o’ldirilishini keskin qoralashimizga qo’shilishidan aminman. Aslida nimalar bo’lganligining mutlaqo aniqlanishi darkor” degan ifodalarga o’rin berdi.

Britaniya Tashqi ishlar vaziri Jeremy Hunt esa Saudiya Arabistonining, Jamol Kashikchining “janjalda o’lganligi” haqidagi iddiosining ishonarli emasligini qayd etdi.

Britaniya parlamentida Kashikchining o’ldirilishi haqida o’tkazilgan maxsus majlisda nutq so’zlagan Hunt, saudiyalik jurnalistning o’ldirilishini keskin ravishda qoralaganliklarini belgilab o’tgan holda,

“Mas’ul kishilarning hammmasi bunga javob berishi kerak” degan ifodalarga o’rin berdi.

Hunt,

“Kashikchi, biz yaqin aloqa o’rnatgan hukumatning josuslari tomonidan o’ldirildi. Qandaydir bir janjalda o’ldirilganligi haqidagi iddiosi rostga o’xshamaydi” deya gapirdi.

Britaniyaning munosabati saudiyalik rasmiylar tomonidan beriladigan shu haqidagi oxirgi bayonotning rostligi va bunday voqeaning bundan buyon takrorlanmasligiga bog’lik bo’ladi” degan Hunt o’z so’zini:

“Saudiya Arabistonidan Istanbulga 15 nafar saudiyalik rasmiy yuborish haqidagi buyruqni kim berdi? Riyad boshqaruvi Kashikchining o’lganligi haqidagi ma’lumotni birinchi marotaba qachon oldi? Nima uchun tergovchilarning konsullik binosiga kirishi kechiktirildi? Kashikchining jasadiga nima bo’ldi? Saudiya Arabistoni jurnalistning o’lganligini ma’lum qilish uchun nima uchun 17 kun kutdi?” deya davom etdi.

Hunt, Britaniya bilan Saudiya Arabistoni o’rtasida savdo va mudofaa tarmog’ida kuchli munosabat borligini eslatgan holda,

“Shuning uchun ham Britaniya mavzuga ehtiyotli ravishda yo’ndashadi. Lekin biz o’qigan qorqinchli xabarlar to’g’ri chiqqudek bo’lsa unda bu vaziyat bizning qadriyatlarimizga aslo to’g’ri kelmaydi. Hatto tubdan to’g’ri kelmaydi. Shunday ekan biz ham shunga qarab muomala qilamiz” dedi.

Britaniya Muxolifat Tashqi ishlar vaziri Emily Thornberry esa saudiyalik valiaxd shahzoda Muhammed bin Salmonni jinoyatdan mas’ul deb topdi.

“Bu jinoyatning eng yomon tomoni shu ki, qo’l urilishiga hech qaysinimiz hayron qolmadik” degan ifodaga o’rin bergan Thornberry, Muhammad bin Salmon eng avvalo Yaman siyosatining asoschisi sifatida keyin esa “valiaxd” sifatida mamlakatdagi o’lim jazolarini iki barobarga orttiririb (o’tgan yili) Livan Bosh vazirini (Said Haririyni) olib qochib, uni iste’fo berishga majbur qilib, ayol kishilardan iborat bo’lgan faollarni qamab tahdid etish orqali” huddi bugun yuz bergan voqealardan xabar berilganligini qayd etdi.

Shotlandiya Milliy partiyasi deputati Ian Blackford ham bu haqida,

“Saudiya Arabistoniga qarshi harakat qilishning ayni vaqtdi. Bosh vazir! Saudiya Arabistoniga qurol sotishni to’xtat. Hatto bugunoq” deya gapirdi.

Aytib o’tish joizki Washington Post gazetasi jurnalisti Jamol Kashikchi shu yilning 2-oktabri kuni rasmiy hujjatlar uchun Saudiya Arabistonining Bosh konsullik binosiga kirganidan keyin bedarak yo’qolgan edi.

Saudiya Arabistoni boshqaruvi 20-oktabr kuni Kashikchining “konsullik binosida yuz bergan bir janjal natijasida o’lganligi” haqida ma’lumot tarqatgan.







 

 



Aloqador xabarlar