Eron AQSh hukumati bilan o’zaro hurmat doirasida muzokaraga tayyor...

“Biz AQSh bilan muzokara o’tkazish uchun oldindan shart qo’ymadik. Biroq, uchrashuvlar uchun o’zaro ishonchdan ham oldin, o’zaro hurmat keladi”,-deydi Eron tashqi ishlar vaziri.

1073828
Eron AQSh hukumati bilan o’zaro hurmat doirasida muzokaraga tayyor...

Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif Kyodo (Yaponiya) xabar agentligiga intervyu berdi.

“Eron AQSh hukumati bilan o’zaro hurmat doirasida muzokaraga tayyor”,-deydi Eron tashqi ishlar vaziri.

Uning so’zlariga ko’ra, muzokara uchun to’plangan tomonlar avvalo bir-biriga hurmat ko’rsatishi zarur.

“Biz AQSh bilan muzokara o’tkazish uchun oldindan shart qo’ymadik. Biroq, uchrashuvlar uchun o’zaro ishonchdan ham oldin, o’zaro hurmat keladi”,-deydi u.

Eronning bankchilik tizimi va neft eksportini AQSh sanksiyalariga qarshi himoyalash uchun Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya tomonidan ilgari surilgan mexanizmga e’tibor qaratgan Zarif, buning uchun ikkinchi sanksiyalar kuchga kiradigan 5 noyabrgacha jiddiy chora ko’rish zarur ekanligini ma’lum qildi.

U AQSh sanksiyalariga qarshi chora sifatida, bir qator mamlakatlar Tehron bilan iqtisodiy munosabatlarini rivojlantirganligini va bu shaklda Eron sanksiyalarning uddasidan chiqishini so’zlariga ilova qildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Eron , #AQSh , #sanksiya , #muzokara

Aloqador xabarlar