Staffan de Mistura o’z vazifasidan ketmoqchi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Suriya bo'yicha maxsus vakili Staffan de Mistura kelasi oyning oxirida o'z vazifasidan ketmoqchi.

1071038
Staffan de Mistura o’z vazifasidan ketmoqchi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Suriya bo'yicha maxsus vakili Staffan de Mistura kelasi oyning oxirida amaldagi vazifasidan ketishini ma’lum qildi.

BMT Xavfsizlik kengashiga Suriyadagi oxirgi vaziyat haqida ma’lumot bergan de Mistura,

“Noyabr oyinnig oxirgi haftasi, butunlay shaxsiy sabablarga ko'ra vazifamdanketaman” dedi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Suriya bo'yicha maxsus vakili sifatida 4 yil 4 oy faoliyat olib borganligini eslatgan de Mistura, yana bir oyi borligini va Suriyada konstitutsiya qo’mitasi tashkil etish uchun mazkur bir oydan faol ravishda foydalanmoqchi ekanligini ta’kidladi.

Konstitutsiya qo’mitasining kamida 30 foizining ayollardan iborat bo’lishi kerakligini qayd etgan de Mistura, qo’mitaning qaysidir siyosiy hokimiyat ostiga kirmasligi shartligini ta’kidladi.

De Mistura, “ishonchli va muvozanatli qo’mita tashkil etajagini” ta’kidladi.

Suriya hukumatining taklifiga binoan kelasi hafta Damashqda bo’lishini belgilab o’tgan de Mistura, bu oyning oxirida Ostona muzokarasi xomiylarini ham maslahat uchun Jenevaga taklif qilishini ma’lum qildi.



Aloqador xabarlar