Iroqning Kerkuk shahrida bomba portlatildi, oqibatida 1 kishi jon berdi

Kerkuk politsiyasi direktori Ali Kemal, Bog’dod yo’li shaharchasida yo’lga joylashtirib qoyilgan bombaning portlaganligini ma’lum qildi.

1066579
Iroqning Kerkuk shahrida bomba portlatildi, oqibatida 1 kishi jon berdi

Iroqning Kerkuk shahrida yo’lga joylashtirib qoyilgan bombaning portlatilishi oqibatida 1 kishi jon berdi, 4 kishi esa tan jarohati oldi.

Kerkuk politsiyasi direktori Ali Kemal, Bog’dod yo’li shaharchasida yo’lga joylashtirib qoyilgan bombaning portlaganligini ma’lum qildi.

Ali Kemal voqea oqibatida 1 kishining jon berganligini, 4 kishining tan jarohati olganligini, atrofdagi uy-joy va ishxonalarga ziyon yetganligini ifoda etdi.

Jinoyatchilarning kim ekanligi haqida hali hanuz hech qanday ma’lumotning yo’qligini o’z so’ziga ilova etgan Ali Kemal, javobgarlarning qo’lga tushishi uchun keng ko’lamli tergov ishlari boshlatilganligini ham ta’kidladi.



Aloqador xabarlar