Tancred, arakanlik bolalar va yoshlarning eng ko’p ta’lim olishga ejtiyoji borligini qayd etdi

Alastair Lawson Tancred Bangladeshdagi lagerlarda jon saqlagan arakanlik bolalar va yoshlarning eng ko’p ta’lim olishga ejtiyoji borligini qayd etgan holda, UNICEFning, bir naslning yo’q bo’lib ketishidan tashvishda ekanligini ma’lum qildi.

1063510
Tancred, arakanlik bolalar va yoshlarning eng ko’p ta’lim olishga ejtiyoji borligini qayd etdi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar fondi (UNICEF) Koks Bazar shahri Matbuot kotibi Alastair Lawson Tancred Bangladeshdagi lagerlardagi arakanlik bolalar va yoshlarning eng ko’p ta’lim olishga ejtiyoji borligini belgilab o’tgan holda,

“Bir naslning yo’q bo’lib ketishidan tashvishdamiz. Bu yerda ayniqsa yoshlarning ta’lim olish imkoni judayam cheklangan” dedi.

Tancred, Myanmar armiyasining zulmidan qochgan arakanlik musulmonlar jon saqlagan lagerlar joylashgan Bangladeshning Koks Bazar shahrida bir guruh xalqaro jurnalistning lagerlardagi bolalar va yoshlarning vaziyati haqidagi savollarga javob berdi.

Koks Bazardagi lagerlarda 1 million arakanlik musulmonning jon saqlayotganligini eslatgan Tancred,

“Ularning yarmidan ko’pini 16-17 yoshdan kichik bolalar tashkil etadi” degan ifodalarga o’rin berdi.

Bangladeshlik yetakchilarining arakanliklarning mintaqada vaqtinchalik turganligini eslatgan holda, lagerlarda, ta’lim imkonlarini cheklaganliklarini yetkazgan Tancred,

UNICEFning bunga qaramay lagerlarda ochilgan ta’lim markazlarida 9 yoshdan 14 yoshgacha bo’lgan bolalarga ta’lim berishni rejalashtirayotganligini qayd etdi.

Ta’lim olib ishga kirish imkoniga erishmagan yoshlarning kelajakda jinoyatga qo’l urish ehtimoli yana-da yuqori ekanligini ta’kidlagan Tancred,

“Bu judayam yomon vaziyat. Chunki bu bolalar lagerning kelajagi” dedi.

Arakanliklarning judayam ishbilarmon ekanligini ta’kidlagan Tranced, bir yildan beri Koks Bazarda jon saqlaganlarning o’z tuprog’i atrofida kichkinagina bo’lsa ham ekin-tikin bilan shug’ullanib, kichik do’konlar ochib kun kechirayotganliklarini bildirdi.  

 

 



Aloqador xabarlar