AQSh Rossiyalik 7 fuqaroni xalqaro jinoyatlarda ayblamoqda

Unga koʻra rossiyalik 7 fuqaroga hakkerlik hujumlarini uyushtirish, firibgarlik, oʻgʻirlik va pul yuvish kabi ayblar qoʻyilgan.

1063093
AQSh Rossiyalik 7 fuqaroni xalqaro jinoyatlarda ayblamoqda

AQSh adliya boshqarmasi Rossiyalik 7 fuqaroni xalqaro jinoyatlarda ayblamoqda.

Adliya Departamenti payshanba kuni Rossiya razvedka xizmati xodimlariga nisbatan jinoiy ayblovlarni eʼlon qilgan.

Unga koʻra rossiyalik 7 fuqaroga hakkerlik hujumlarini uyushtirish, firibgarlik, oʻgʻirlik va pul yuvish kabi ayblar qoʻyilgan. 

Ayblanuvchilarning uchtasi 2016 yilgi AQSh saylovlaridagi mamlakat xavfsizlik tizimiga uyushtirilgan hakkerlik hujumlarida ayblangan. 

Bundan tashqari, sodir etilgan kiber hujumlar Rossiya hukumatining sport musobaqalarida dopingdan foydalanishga yo’l qo’yish haqidagi iddaolar tufayli diqqatlarni boshqa mavzularga chalg’itish maqsadiga ega ekanligi ilgari surildi.

“Josuslarning maqsadi Rossiyaning sport musobaqalarida doping dasturini fosh qilgan xalqaro anti-doping tashkilotlarining sa’y-harakatlarini noqonuniy deb topish, boshqa davlat sportchilarining man qilingan yoki kuchini orttiruvchi dorilar iste’mol qilganligini iddao qilib, e’tiboriga putur yetkazish” kabi ifodalarga o’rin berildi Adliya Departamentining bayonotida.

Bundan avval Gollandiya kimyoviy qurollarni ta’qiqlash tashkilotida josuslik qilganlikda ayblab rossiyalik 4 fuqaroni deport qilgan edi.

AQSh Adliya Departamentining yozma bayonotiga ko’ra, Rossiya razvedka xizmati xodimlariga nisbatan jinoiy ayblovlar Pensilvaniya shtatidagi federal sud tomonidan ilgari surilgan.



Aloqador xabarlar