Mayk Pompeo 7 oktyabr kuni Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen-Un bilan uchrashadi
Bu haqda AQSh davlat kotibligi voizi Heather Nauert matbuotga bergan brifingda ma’lum qildi.

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo 7 oktyabr yakshanba kuni Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen-Un bilan poytaxt Pxenyanda uchrashadi.
Bu haqda AQSh davlat kotibligi voizi Heather Nauert matbuotga bergan brifingda ma’lum qildi.
“Pompeo 6-8 oktyabr kunlari Yaponiya, Xitoy, Shimoliy va Janubiy Koreyaga safar qiladi. Davlat kotibi 6-7 oktyabr kunlari Tokioda Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abe va tashqi ishlar vaziri Kono bilan uchrashadi. 7 oktyabr kuni Pxenyanda Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen-Un bilan uchrashadi”,-deydi u.
Pompeo o’tgan hafta BMT Bosh assambleyasining 73-sessiyasi doirasida Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri Ri Yong Ho bilan uchrashgan edi. U bu uchrashuvda Kim Chen-Unning Pompeoga yo’llagan taklifnomasini yetkazgan edi.
Pompeo ham Kim Chen-Unning taklifini qabul qilgan edi va AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Kim Chen-Unning uchrashuviga tayyorgarliklarni ko’zdan kechirish maqsadida Pxenyanga borishga rozi bo’lgandi.
Eslatma: Tramp ham o’tgan haftalarda Kim Chen-Un bilan ikkinchi marta uchrashishini ma’lum qilgandi, biroq joy va kunini ma’lum qilmagandi.