Nigeriyada millionlab bola ochlikka mahkum etilgan

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi UNOCHA hisobotiga ko'ra Nigeriyada millionlab bola ochlikka mahkum etilgan.

1060696
Nigeriyada millionlab bola ochlikka mahkum etilgan

Nigeriyaning shimoli-sharqida, Boko Haram terror tashkiloti tomonidan eng ko’p faoliyat olib borilgan mintaqalarda qariyb 1 million yosh bolaning ochlikka mahkum bo’lganliklari ma’lum qilindi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi UNOCHA tomonidan zo'ravonlik qurbonlari tortgan azoplar haqida chop etilgan hisobotda tashkilotning Borno, Adamava va Yobe viloyatlarida uyushtirgan hujumlari yuzasidan qariyb 1 million yosh bolaning kam ovqatlanganligi qayd etildi.   

UNOCHA, ayniqsa kichik yoshdagi minglab bolaning o’lim xavfi ostida ekanligini ta’kidladi.

Yuqorida nomi tilga olingan viloyatlarda 440 ming bola jiddiy ravishda och qolgan, 500 ming bola esa to’yib ovqatlanmagan deb ko’rsatildi.   

Hisobotda 2017-yili mamlakatda 881 bolaning yo o’ldirilganligi yoki nogiron qilib qo’yilganligi eslatilgan holda, tashkilotning 2018-yilning birinchi 6 oyida 43 boladan xudkush sifatida foydalanilgnaligi ifoda etildi.

Boko Haram terror tashkiloti Nigeriyada 2000-yillardan beri bor. U 2009-yildan beri uyushtirgan zo’rovonligi orqali 20 mingga yaqin kishining umriga zomin bo’ldi.

Tashkilot 2015-yildan beri mamlakat chegarasidagi Kamerun, Benin, Chad va Nigerda hujumlar uyushtirmoqda. Uning Chad ko’li atrofida uyushtirgan hujumlari orqali kamida 2 ming kishi jon berdi.


Tanlangan kalimalar: #Nigeriya , #UNOCHA , #bolalar , #ochlik , #Boko Haram

Aloqador xabarlar