AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo kelgusi oy Shimoliy Koreyaga yo’l oladi

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Un AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeoni Pxenyanga taklif qildi.

1057737
AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo kelgusi oy Shimoliy Koreyaga yo’l oladi

AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo kelgusi oy Shimoliy Koreyaga yo’l oladi.

Bu haqda AQSh kotibligi vakili Heather Nauert yozma bayonot berdi.

“Mayk Pompeo Nyu-Yorkda Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri Ri Yong Ho bilan uchrashdi. Ri Yong Ho Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Unning Mayk Pompeoni Pxenyanga taklif qilganligini ma’lum qildi”,-deyiladi bayonotda.

Bayonotga ko’ra, Pompeo Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Unning taklifini qabul qildi.

U Shimoliy Koreyaning atom qurollarni yo’q qilish uchun bergan va’dasini bajarish jarayoni va prezident Donald Tramp bilan Kim Chen Un o’rtasida bo’lib o’tadigan navbatdagi uchrashuvga tayyorgarlik maqsadida taklifni qabul qildi.

Eslatma: Tramp o’tgan hafta Kim Chen Unning taklifiga binoan yana bir bor uchrashishini ma’lum qilgandi, biroq uchrashuvning joyi va kuni haqida ma’lumot bermagandi.

 



Aloqador xabarlar